Kechqoʻnoq
Kechqoʻnoq — Buxoro viloyati,Buxoro tumanidagi qishloq. Kechqoʻnoq — turkiycha „kechki mehmon“ maʼnosini bildiradi. Biror joyga, biror kimsaning uyiga qoʻngan, tushgan yoʻlovchi — „qoʻnoq“, yaʼni mehmon atamasi bilan ifoda etilgan. Bunga yaqin „qoʻnalgʻa“ atamasi esa qushlar qoʻnib dam oladigan joyga nisbatan qoʻllangan. „Qoʻnoq“ atamasining umumiy maʼnosi „boshpana, pana joy“ demakdir[1]. Shuningdek, qoʻngʻirboshlilar oilasiga mansub boshoqli bir yillik oʻsimlik hamda gʻalla va em-xashak ekini ham qoʻnoq deyilgan. Yuqoridagi barcha tushunchalarni Kechqoʻnoq toponimiga joriy qilish qilish mumkin. Shuningdek, qushlar, tovuqlar qoʻnadigan dor ham qoʻnoq deyilgan. Toponim yuzasidan boshqa mulohaza ham mavjud. Unga koʻra, toponimning asl shakli turkmancha „gechqoʻnoq“ boʻlib, gechchilar, yaʼni echkilar kech boʻlganda tunaydigan joy maʼnosini anglatadi. Ushbu hududda istiqomat qilgan aholi tarkibida turkman etnik guruhi salmogʻining yuqoriligi bu fikrda jon borligini tasdiqlaydi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.