Kechuv (harbiy ishda) — qoʻshinlarning suv toʻsiqlaridan (daryo, koʻl, kanal, boʻgʻoz va qoʻltiqdan) oʻtish usul va yoʻllari. Kechuv toʻsiqlar va qoʻllaniladigan oʻtish vositalarining harakteriga qarab, quyidagilarga boʻlinadi: 1) desant usuli bilan kechuv (asosan, ilgʻor boʻlinmalar hamda ulardagi qurol-yarogʻ va jangovar texnikaning suzuvchi avtomobillar, bronetransportyorlar, motorli qayiqlar va boshqa vositalar yordamida kechib oʻtishi); 2) parom usulida kechuv (tank, artilleriya, avtomobil va boshqa ogʻir harbiy texnikaning sol va suzuvchi moslama yordamida kechib utishi); 3) koʻpriklar vositasida suv toʻsiqlaridan oʻtish.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil