Kefaliniya — Gretsiyaning gʻarbiy soqillari yaqinidagi orol, Ioni o.larining eng yirigi. Mayd. 752 km2. Ohaktoshli plato va massivlardan iborat, eng baland joyi 1628 m (Enos togʻi). Oʻrta dengiz boʻyiga xos butalar oʻsadi, oʻrmonlar uchraydi. Enos milliy parki tashkil etilgan (1962). Sitrus usimliklar, tamaki yetishtiriladi; zaytun-zor va tokzorlar bor. Yirik port shahri — Argostolion.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil