Kefalotiri (gr grekcha: κεφαλοτύρι) — echki yoki qoʻy sutidan tayyorlanadigan qattiq shoʻr pishloq boʻlib, Gretsiya va Kiprda ishlab chiqariladi[1]. Sut miqdoriga qarab pishloq rangi sariqdan oqqacha oʻzgarib turishi mumkin.

Taʼm sifatlari tahrir

Pishloqning kelib chiqishi Vizantiya imperiyasi davriga toʻgʻri keladi[2]. Pishloqning taʼmi biroz Gryuyerni eslatadi, ammo kefalotiri qattiqroq va shoʻrroq. Kefalotiri zaytun moyini qovurishda saganaki taomini tayyorlashda va spagetti, goʻsht yoki sabzavotlarga qoʻshimcha sifatida ham ishlatiladi. Pishloqning yetilish muddati — 3 oydan koʻp vaqt oladi. Bir yil yoki undan ortiq vaqt davomida pishgan kefalotiri quruqroq va taʼmga boy boʻladi.Shuningdek, Uzo alkogolli ichimlik bilan meze (gazak) sifatida ishlatilishi mumkin[3].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Ridgway, J., The Cheese Companion (2002), ISBN 1840923393
  2. Harbutt, J., The World Encyclopedia of Cheese (2006), ISBN 9780754809920
  3. Janet Fletcher. „Kefalotyri cheese offers intriguing mix“. San Francisco Chronicle (2009-yil 7-iyun). 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-iyul.