Kelse — Polshaning jan. qismidagi shahar. Kelse voyevodaligining maʼmuriy markazi. Axrlisi 212,3 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, podshipniklar i.ch. va b.) sanoati rivojlangan. Kurilish materiallari, kimyo, oziq-ovqat, oyna sanoati korxonalari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan sobor (12—19-asrlar), yepiskoplik saroyi (17-asr) saqlangan. Shaharga 12-asrda asos solingan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil