Kembrij universiteti nashriyoti
Kembrij universiteti nashriyoti (inglizcha: Cambridge University Press, CUP) – Buyuk Britaniyadagi universitet nashriyoti.
inglizcha: Cambridge University Press | |
Mamlakat | Buyuk Britaniya |
---|---|
Asos solingan | 1534 |
Asoschi(lar) | Henry VIII |
Egasi | Kembrij universiteti |
ISBN | 978-0-511, 978-0-521, 978-0-646, 978-1-009, 978-1-107, 978-1-108, 978-1-139, 978-1-316, 978-1-85296, 978-1-911623, 978-4-903788, 978-65-00, 978-83-912085, 978-84-1322, 978-84-8323, 978-84-9036, 978-93-84463, 978-93-82264, 978-93-82993 |
Vebsayt | cambridge.org |
1534-yilda Henry VIII Tudor tomonidan patent yorligʻini olgan dunyodagi eng qadimgi universitet nashriyoti. Oksford universiteti nashriyotidan keyin dunyodagi ikkinchi yirik universitet nashriyoti boʻlib, Buyuk Britaniyada qirollikning rasmiy nashriyoti[d] hisoblanadi. Ingliz tilini oʻrganish uchun[1][2], masalan, Cambridge Advanced Learner’s Dictionary (tarjimasi „Ilg‘or o‘quvchilar uchun Kembrij lug‘ati“), shuningdek, boshqa mavzulardagi kitoblarni nashr etadi[3].
Nashriyotning 40 dan ortiq mamlakatlarda vakolatxonalari, idoralari va markazlari mavjud boʻlib, 50 000 dan ortiq mualliflarning asarlarini nashr etadi. Chop qilinadigan nashrlarga akademik jurnallar, monografiyalar, darsliklar, maʼlumotnomalar va Injil kiradi. Nashriyot tomonidan John Milton, Harvey William, Isaac Newton, Bertrand Russell, Stephen Hawking asarlari chop etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Oldest printing and publishing house“. Guinnessworldrecords.com (2002-yil 22-yanvar). 2013-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-mart.
- ↑ Michael Black. Cambridge University Press, 1583—1984, 1984. ISBN 978-0-521-66497-4.
- ↑ Jean Letessier, Johann Rafelski, T. Ericson, P. Y. Landshoff. Hadrons and Quark-Gluon Plasma. Cambridge University Press, 2002. ISBN 9780511037276.