Jon Milton (1608.9.12 -London — 1674.8.11) — ingliz shoiri, publitsist, siyosiy arbob. Kembrij universitetini tugatgan (1632). Asarlarini ingliz, italyan va lotin tillarida yozgan. Ilk asarlari — "Shekspirga" sheʼri (1630), "Xushchaqchaq" va "Xayolchan" deb nomlangan qoʻshaloq asari (1632), "Qomus" dramatik dostoni (1634), "Lyusidas" marsiyasi (1632). Milton 1638—39 yillarda Fransiya va Italiyaga sayohat qilgan. 1640-yildan Angliya burjua inqilobi gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan. "Areopagitika" (1644) risolasida matbuot erkinligini yoqlab chiqqan. 1649—52 yillarda burjua inqilobi arbobi O.Karomvelning xalqaro davlat yozishmalarini olib borgan. "Sanamkush" (1649), "Ingliz xalqini ximoya qilish" (1650, 1654) va boshqa asarlarida xalqning mustabid hukmdorlarni yoʻq qilish huquqi borligini taʼkidlaydi. Styuartlar sulolasi qayta tiklangandan keyin mashaqqatli hayotga giriftor boʻlgan shoir oʻzining mashhur asarlari — "Yoʻqotilgan jannat" (1667), "Topilgan jannat" (1671) dostonlarini yaratadi. Dostonlar mazmuni "Injil"dan olingan boʻlsada, diniy mazmun orqali davrning dolzarb masalalarini —xalq ommasining monarxiya va zulmning barcha shakllariga qarshi noroziligini aks ettirgan. Soʻnggi asari — "Isyonkor Samson" temperaturagediyasida Angliya burjua inqilobi va M. dunyoqarashiga xos boʻlgan qaramaqarshiliklar oʻz ifodasini topgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil