Keng hajmli kino - keng hajmli (50—70 mm) kinoplyonkadan foydalanishga asoslangan kinematografiya turi. 1955-yilda yaratilgan. Film maxsus apparatda suratga olinadi va namoyish qilinadi. Odatda, asosan 70 mm li plyonka ishlatiladi. Oddiy va keng ekranli kinolarda ishlatiladigan 35 mm li plyonkaga nisbatan bunday plyonkaga ancha koʻp axborotni sigʻdirish va katta (mas, 19,5x7 m) ekranga tasvirni sifatli tushirish mumkin. K. h. k. tizimida 6 kanalli magnit fonogramma qoʻllaniladi: 5 tasi ovozni ekran orqasiga oʻrnatilgan karnaylar orqali stereofonik eshittirish uchun, oltinchisi kinoteatr zalida ovoz effekti hosil qilish uchun moʻljallanadi. K. h. k.ning tasvirlash sifati yuksak.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil