"KENGASH" — taraqqiyparvar adabiy jurnal. 1917-yil Qoʻqonda bir guruh maʼrifatparvar muallimlar tashabbusi bilan nashr etilgan. Birinchi muharriri — Hamza Hakimzoda Niyoziy. Jur. 2 haftada 1 marta chiqqan. 1-sonida Hamzaning "Kengash" radifli sheʼri bosilib, unda tahririyatning maqsadi bayon qilingan. "K."ning 1- soni chiqqach, Hamza mahalliy hukumat tomonidan taʼqib ostiga olinib, jur.dan ketishga majbur boʻlgan. Keyinchalik jur.ga M. Rizoiy muharrirlik qilgan. Unda Muhammadjon Xoliqiy, Hakimjon domla, Rijoiyzoda, Muhammad Hodi va b.ning asarlari chop etilgan. "K." maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Toshbosmada 400 nusxada nashr etilgan. Jami 6 soni chiqqan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil