Kengaytirilgan virtuallik (ing:augmented virtuality, AV) - bu real dunyo ob'ektlari mavjud bo'lgan virtual haqiqat.

Aralash haqiqatga ishora qiladi .

Kengaytirilgan virtuallik real va virtual obyektlarning barcha variantlari va kompozitsiyalarini qamrab oluvchi voqelik-virtuallik uzluksizligi qismidir. AV kontseptsiyasi real vaqtda virtual dunyo bilan o'zaro ta'sir o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lgan jismoniy elementlar, ob'ektlar yoki odamlar birlashtirilgan virtual makonni anglatadi.

Buni turli texnologiyalar yordamida amalga oshirish mumkin. Bunda Videokameralar, harakat sensori bo'lgan kameralar, kompyuter ko'rishga asoslangan mualliflik dasturlari qo'llaniladi.

Tarixi tahrir

Birinchi marta kengaytirilgan virtuallik tushunchasi P. Milgram va F. Kishinolarning "Aralash haqiqatning vizual namoyishlari tasnifi"da uchraydi. Mualliflar kengaytirilgan voqelikni reallik-virtuallik kontinumiga kiritadilar: turli xil voqeliklar to`plamining eng kichik qismidan to`liq holigacha ya'ni - virtuallik.

 
Virtual haqiqat-reallik uzluksizligi

Kengaytirilgan virtuallik nazariyasi birinchi marta "Windows on the World" loyihasida (Windows on the World, 1997 [1]) Архивная копия DIVE virtual koʻp foydalanuvchiga ega Internet tizimiga asoslangan holda qo`llanilgan. Dastur robotni real makon bo'ylab harakatlantirib, berilgan ob'ektlarning yangilanishlarini virtual yer modeliga yuborishi mumkin. Virtual modeldan foydalanish uzoq fazoga sayohat qilish imkonini berdi. Ushbu ilova yordamida foydalanuvchi mustaqil tahlil qilish va qaror qabul qilishda robot tomonidan olingan ma'lumotlardan foydalanishi mumkin. Ilovani yaratuvchilar dasturning xavfsizlik tashkilotlari uchun eng foydali bo'lishini taxmin qilishdi. Kengaytirilgan virtuallik imkoniyatlari bo'yicha keyingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, uni qurilish va o`zaro aloqa sohasida keng qo'llash mumkin. "Memoriy tadqiqotlari uchun kengaytirilgan virtual studiya"[2] (Augmented Virtual Studio for Architecturial Exploration; Kompyuter fanlari fakulteti, Myunster universiteti, 2009) yoki "Arxitektura sohasidagi hamkorlik uchun kengaytirilgan 3D virtual muhit"[3], (Suzanna Shmidt, Gerd Bruder, Frank Steinike, 2015) kabilar bino loyihalarini takomillashtirishga qaratilgan. Oxirgi dastur mahsulotlarni bozorga chiqarish uchun ham ishlatilishi mumkin.

Me'morchilikda qo'llanilishi tahrir

Me'moriy loyihalash jarayoniga turli foydalanuvchilar va turli darajadagi bilimga ega mutaxassislar jalb qilinadi. Loyihani yaratish va amalga oshirishda arxitektorlar, muhandislar, investorlar, oxirgi foydalanuvchilar va boshqalar ishtirok etadilar. Samarali me'moriy dizayn faqatgina barcha ishtirokchilar me'moriy modellar va ularning muayyan muammolari haqida umumiy tushunchaga ega bo'lgandagina paydo bo`ladi. Ikki o'lchovli chizmalarni tushunish professionallarga oid, boshqa odamlar esa diagrammalarni deyarli tushunmaydilar. Ushbu vaziyatda virtual haqiqat tizimiga asoslangan dasturlar yordamga kelishi mumkin.

O`zaro muloqotlarda qo'llanilishi tahrir

Kengaytirilgan virtuallik haqiqiy uchrashuvga taqlidan bir-biridan uzoqda bo'lgan suhbatdoshlarni bitta virtual makonda birlashtirishga qodir. Bunday yechim 2004-yili "Masofaviy aloqa uchun kengaytirilgan virtuallikdan foydalanish [4] " maqolasida taklif qilingan. Mualliflar cAR/PE video konferensiya tizimlarida ishlaydigan dastur yaratdilar. Virtual stolning turli chetlarida joylashgan uchta ishtirokchining video tasvirlari virtual muhitga birlashtirildi. Shuningdek, virtual makonda ilovalar va ikki o'lchovli ob'ektlar taqdimoti uchun katta ekran mavjud edi, bundan tashqari, virtual xonada va stolda uch o'lchovli geometrik ob'ektlar joylashgan edi. Dastur sinovdan o'tkazildi va uning samaradorligi va aloqa qulayligi, undan tijorat va reklama maqsadlarida foydalanish imkoniyati tasdiqlandi.

Kompyuter o'yinlari tahrir

Kengaytirilgan virtuallik asosida bir nechta mashhur oʻyinlar chiqdi: Half-Life 2, Team Fortress 2, Mirror's Edge, War Thunder, Star Conflict, IL-2 Sturmovik "Stalingrad jangi", Euro Truck Simulator 2, Minecraft, Live For Speed va boshqalar. O'yinlar Oculus Rift virtual reallik ko'zoynaklariga mos tushadi.

Va shuningdek tahrir

Eslatmalar tahrir

  1. Simsarian K. T., Kristian T., and Karl-Petter Akesson. "Windows on the world: An example of augmented virtuality." Interface 97, Sixth International Conference Montpellier 1997: Man-machine interaction (1997)
  2. „Augmented Virtual Studio for Architectural Exploration“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
  3. „A Layer-based 3D Virtual Environment for Architectural Collaboration“. 2016-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
  4. „Using Augmented Virtuality for Remote Collaboration“. 2016-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.