Keniya — Sharqiy Afrikadagi vulkanik massiv, balandligi boʻyicha Afrikada ikkinchi oʻrinda (5199 m). Shar-kiy Afrika rift zonasidan sharqroqda, lava platosidan kesik konus koʻrinishida koʻtarilgan. Yon bagʻirlari 1200 m balandlikkacha nam ekvatorial oʻrmonlar bilan qoplangan. 2000 m gacha balandlikdagi unumdor vulkan tuproqlarida kofe, sizal, banan platansiyalari barpo qilingan. 3000 m balandlikkacha past boʻyli doim yashil va igna bargli sernam togʻ oʻrmonlari bilan band. Undan balandroqda togʻ yaylovlari, choʻqqilarda doimiy qor va muzliklar bor. K. choʻqqisi va uning atroflari milliy park xududi tarkibida. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil