Kenja botir — oʻzbek xalq ertaklaridagi ijobiy qahramon. K. b. timsolida aklli, epchil, dovyurak, tadbirkor inson obrazi mujassam etilgan. U el tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida har qanday mushkulliklarni yengishga qodir. Zulm, tengsizlik, haqsizlikka qarshi adolatni himoya qiladi. K. b. "Uch ogʻayni botirlar", "Kenja", "Erkenja" va b. ertaklarda asosiy qahramon sifatida talkin etilgan.

L<1: A f z a l o v M., Oʻzbek xalq ertaklari haqida, T., 1964.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil