Kenneth Brylle
Kennet Brylle Larsen (1959-yil 22-may, Kopengagen, Daniya) — daniyalik sobiq professional futbolchi. Brylle Daniya milliy terma jamoasi tarkibida 16 ta oʻyinda ishtirok etib, ikkita gol kiritgan hamda 1984-yilgi Yevropa chempionatida Daniya milliy terma jamoasi safida toʻp surgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kenneth Brylle Larsen | ||
Tavallud sanasi | 22-may 1959-yil | ||
Tavallud joyi | Kopengagen, Daniya | ||
Boʻyi | 1.83 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1969–1977 | Hvidovre | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1976–1978 | Hvidovre | 36 | (16) |
1978–1979 | Vejle Boldklub | 24 | (13) |
1979–1984 | Anderlecht | 122 | (50) |
1984–1985 | PSV Eindhoven | 31 | (17) |
1985–1986 | Marseille | 35 | (6) |
1986–1989 | Club Brugge | 72 | (29) |
1986–1987 | → Sabadell | 8 | (2) |
1989–1991 | Beerschot | 43 | (10) |
1991–1992 | Lierse | 12 | (1) |
1992–1993 | Knokke | ? | (?) |
Milliy terma jamoa | |||
1976–1977 | Daniya U–19 | 6 | (4) |
1979–1983 | Daniya U–21 | 9 | (3) |
1980–1988 | Daniya | 16 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
1998–2001 | Knokke | ||
2001–2003 | Oostende | ||
2003–2005 | Eendracht Aalter | ||
2006–2008 | White Star Lauwe | ||
2008 | Wielsbeke | ||
2009–2010 | Hvidovre | ||
2011– | Club Brugge | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Tarjimai holi
tahrirKopengagenda tugʻilgan Brylle mahalliy Frederiksberg Boldklub (FB) klubida futbolchilik faoliyatini boshlagan. Brylle Daniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi Hvidovre IF klubi tarkibida oʻynab, 1978-yilgi mavsumda klub bilan birga yuqori ligaga – Daniyaning 1-divizioniga koʻtarilgan. 1979-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Brylle 1-diviziondagi Vejle Boldklubga oʻtgan. Brylle Belgiyaning R.S.C. Anderlecht klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlashidan oldin, u 26 ta liga oʻyinida maydonga tushgan va 18 ta gol urgan. Brylle Anderlechtda besh yil qolib, 1983-yilda UEFA kubogini qoʻlga kiritishga hissa qoʻshgan va finaldagi oʻyinida yagona golni urgan.
Brylle 1984-yilda Gollandiyaning PSV Eindhovenga, 1985-yilda esa Fransiyaning Olympique de Marseille klubiga oʻtgan. 1986-yilda Belgiyaga qaytib, Brugge klubida oʻynay boshladi. Brylle Brugge safida jami 101 ta oʻyin oʻtkazib, 49 ta gol urdi hamda ushbu klub bilan 1988-yilda Yupiler ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik Brylle Belgiyaning K. Beerschot V.A.C, Lierse S.K. va Knokke klublarida oʻz faoliyatini davom ettirdi.
Brylle FIFA tomonidan tasdiqlangan murabbiy boʻlib, Belgiyaning quyi liga jamoalari – Knokke, KV Oostende, Eendracht Aalter, White Star Lauwe va Wielsbeke kabi klublarga murabbiylik qildi. Keyinchalik, 2009-yil 1-yanvardan 2010-yil 31-dekabrgacha Daniyaning Hvidovre IF klubini boshqardi. Brylle oʻz fuqaroligini Belgiya fuqaroligiga oʻzgartirdi.
Yutuqlari
tahrirFutbolchi
tahrir- RSC Anderlecht[1]
- Belgiya birinchi diviziyasi: 1980—1981
- UEFA kubogi: 1982—1983 (gʻoliblar), 1983—1984 (2-oʻrin)
- Jules Pappaert kubok: 1983[2]
Club Brugge
tahrir- Belgiya birinchi diviziyasi: 1987—1988
- Belgiya Super kubogi: 1986, 1988
Olympique Marseille
tahrir- Fransiya kubogi: 1985—1986 (2-oʻrin)[3]
Shaxsiy
tahrir- UEFA kubogi eng yaxshi toʻpurari: 1987—1988 (6 gol)[4]
Manbalar
tahrir- ↑ „RSC Anderlecht | Palmares“.
- ↑ „Jules Pappaert Cup“.
- ↑ „Palmarés OM“. 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Fairs/UEFA Cup Topscorers“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.