Kent (Kent) — Angliyadagi ilk oʻrta asr qirolligi. 5-asrning oxirida Britaniya anglosakslar tomonidan istilo etilishi jarayonida tashkil toptan, 6-asrning oxiriga kelib, Angliyada 7 qirollik (Kent, Uesseks, Susseks, Esseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) hukmronligi (geptarxiya) davrida K. eng katta kuchga ega boʻlgan qirollik edi. 8-asrning oxirida Mersiya, 9-asrning boshida Uesseks tarkibiga kirgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil