Kent Rokuell
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
KENT (Kent) Rokuell (1882.21.6, Tarrituan, Nyu-York - 1971.13.3, Pla-teberg) — amerikalik yozuvchi, rassom va jamoat arbobi. Yozuvchilik faoliyati 1920-yildan boshlangan. "Yovvoyi oʻlka" kitobi Alyoska sayohati kundaliklari asosida yuzaga kelgan. Olovli Yer oʻlkasiga safari natijasida "Sayohat" (1924) kitobini yaratgan. "Yoʻnalish № dy E" (1930), "Salamina" (1935) qissalarida Grenlandiya aholisining urf-odatlari va tabiati aks ettirilgan. Ularda eskimoslarning maʼnaviy dunyosi va mashaqqatli hayot tarzi oʻziga xos quvnoq mutoyiba vositasida tasvirlangan. "Mening nuqtai nazarim" (1940), "Janoblar, bu men!" (1955) ayerlari oʻz tarjimai holiga asoslangan. K. realist rassom sifatida Amerika sanʼatining eng yaxshi anʼanalarini davom ettirgan, oʻz kitoblariga koʻplab suratlar ishlagan. K.ning "Dengiz zahmatkashlari" (1907), "Men shtatidagi burun qish ogʻushida" (1906), "Bahor iztiroblari" (1908), "Qizim Klara" (1915), "Rassom Grenlandiyada" (1929) kabi polotnolari mashhur.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |