Keratofir

paleotip koʻrinishdagi porfirli effuziv yoki tomir koʻrinishidagi nordon togʻ jinsi

Keratofir (yun. keras — shox, muguz, porhyreos — toʻq qizil rang) — paleotip koʻrinishdagi porfirli effuziv yoki tomir koʻrinishidagi nordon togʻ jinsi. Ikkilamchi jarayonlar taʼsirida oʻzgargan. Kulrang , och yashil, qizgʻishbinafsha, baʼzan qoʻngʻir rangda boʻladi. Porfirli donachalar albit, goho anortoklaz, diopsid va biotitdan iborat. Diopsid va biotit koʻpincha oʻzgarib xloritga aylanadi. Kvarsli, ortoklazli va b. turdagi K.lar mavjud. Kvarsli porfir, diabaz va spilit togʻ jinslari bilan birga uchraydi. Koʻpincha qayta kristallanishga uchraydi hamda kvars va albitning globu-lyar oʻsimtalari hosil boʻladi. Mikroskop ostida ishqorli dala shpati mikrolitlaridan tashkil topganligi koʻrinadi. Xorijda Germaniya, Chexiya, Polsha, Norvegiya, Shvetsiya, AQSH, RFda (Sibir, Jan. Ural), shuningdek, Kavkaz, Qrimda bor. Oʻzbekistonda Qurama, Tomdi togʻlarida uchraydi. Binolarni ichki koʻrinishi, metro st-yalari va yodgorliklarni bezashda ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil