Kerem Demirbay
Kerem Demirbay (1993-yil 3-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing " Bayer Leverkusen „ klubi yarim himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kerem Demirbay[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-iyul 1993-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Herten, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.83 m[3] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bayer Leverkusen | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999-2007 | Schalke 04 | ||
2007-2008 | Borussia Dortmund | ||
2008-2011 | SG Wattenscheid 09 | ||
2011-2012 | Borussia Dortmund | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012-2013 | Borussia Dortmund II | 28 | (2) |
2013-2016 | Hamburger SV | 3 | (0) |
2013-2014 | Hamburger SV II | 6 | (4) |
2014-2015 | → 1. FC Kaiserslautern (Ijara) | 22 | (1) |
2015-2016 | → Fortuna Düsseldorf (Ijara) | 25 | (10) |
2016-2019 | 1899 Hoffenheim | 63 | (12) |
2019- | Bayer Leverkusen | 80 | (6) |
Milliy terma jamoa | |||
2011-2012 | TurkiyaU19 | 7 | (1) |
2012-2013 | Turkiya U20 | 3 | (0) |
2013 | Turkiya U21 | 2 | (0) |
2017 | Germaniya | 2 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (20-mart uchun) |
Ilk faoliyati
tahrirDemirbay Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Xerten shahrida tug‘ilgan[4]. U 1999-yilda “Schalke 04" klubida oʻynay boshlagan. Klubda bir necha yil oʻynagandan soʻng, u „Borussia Dortmund“ va SG Wattenscheid 09 bilan mashgʻulotlarni davom ettirgan.
Klubdagi faoliyati
tahrirBorussia Dortmund
tahrirDemirbay bir yil mashgʻulotlardan soʻng, Dortmundning „Borussia“ siga koʻtarilib, uchinchi bosqichdagi Ligada oʻynagan. 2012-yilning 21-iyulida, 2012/13-yilgi mavsumning birinchi oʻyinida u professional futboldagi debyutini mehmonda VfL Osnabrucga qarshi oʻtkazgan va Konstantin Fringni oʻrniga maydonga tushgan. Uning jamoasi oʻz maydonida 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchraganida gol urgan.
Hamburger SV
tahrir2013/14-yilgi mavsum qishki tanaffusda u 2014-yil iyul oyida " Hamburger SV "ga tekinga oʻtishga rozi boʻlgan. Toʻrtinchi darajali Regionalligada ikkinchi jamoasi uchun bir necha oʻyin oʻtkazganidan soʻng, u Bundesligadagi debyutini 2014-yil 19-aprelda VfL Wolfsburgga qarshi oʻyinda (1:3) oʻtkazgan[5].
1. Kaiserslautern
tahrir2014/15-yilgi mavsumoldi oʻyinlarida yaxshi oʻynagan boʻlsa-da, baribir Keremni ijaraga "Kaiserslautern "klubiga berib yuborishgan. 2014-yilning avgustida bir mavsumga ijaraga olingan. U yerda 18 ta oʻyinda qatnashib, yana toʻrt marta maydonga tushib, asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylangan.
1899 Hoffenxeim
tahrir2016-yil iyun oyida Demirbay 1899 Hoffenxeim bilan shartnoma imzolagan va unga 10-raqamli futbolka topshirilgan. 2016-yil aprel oyida Demirbay raqiblar darvozasiga muhim gollarni kiritgan.
Bayer Leverkusen
tahrir2019-yilning 9-may kuni Bayer Leverkusen Demirbay „Hoffenxeim“dagi faoliyatini yakunlashini va yozgi transfer oynasi boshida BayArenaga o‘tib, 2024-yilning 30-iyuniga qadar besh yillik shartnoma imzolashini eʼlon qilgan[6]. Xabar qilinishicha, Leverkuzenliklar 32 million yevro[7][8] yoki 28 million yevro to‘lab[9] shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
tahrirYoshlar
tahrirTurkiya pasportiga ega boʻlmasa-da, Demirbay Turkiya futbol assotsiatsiyasida xalqaro yoshlar futbolida oʻynagan. 2015-yilning mart oyida u Germaniya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Xorst Xrubes tomonidan tanlangan, ammo jarohati tufayli oʻyinlardan chetlashtirilgan. Keyin u 2015-yilda Chexiya Respublikasida boʻlib oʻtadigan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagiYevropa chempionatiga tanlangan, biroq hech bir oʻyinda ishtirok etmagan.
Katta
tahrirDemirbay 2017-yilning 17-may kuni Kosovoga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralashi uchun Turkiya milliy futbol jamoasiga chaqiruvni qabul qilgan[10], ammo taklifni bekor qilgan[11]. Chunki Demirbay Germaniya terma jamoasiga 2017-yil 6-iyun kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini, 2017-yil 10-iyun kuni San-Marinoga qarshi JCh-2018 saralash oʻyiniga va 2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogiga chaqiruv olgan[12].
Demirbay xalqaro maydondagi debyutini 6-iyun kuni Daniyaga qarshi oʻtkazgan va u oʻyinning 77-daqiqasida Leon Goretzka oʻrniga maydonga tushgan[13].
Faoliyat statistikasi
tahrirXalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Germaniya | |||
2017 | 2 | 1 | |
Jami | 2 | 1 |
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 25.06.2017 | Fisht Olimpiya stadioni, Sochi, Rossiya | Kamerun | 1-0 | 3-1 | 2017 FIFA Konfederatsiyalar kubogi |
Yutuqlari
tahrirGermaniya
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi : 2017[14]
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA Confederations Cup Russia 2017: List of Players: Germany“. FIFA (2017-yil 2-iyul). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kerem Demirbay: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
- ↑ „Kerem Demirbay“. Bayer 04 Leverkusen. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
- ↑ „Kerem Demirbay: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
- ↑ „Perisic schockt den HSV nach 92 Sekunden“ (de). kicker.de (2014-yil 19-aprel).
- ↑ „Bayer 04 sign Kerem Demirbay“. Bayer04.de. Bayer 04 Leverkusen (2019-yil 9-may). Qaraldi: 2019-yil 13-may.
- ↑ „Rekordtransfer perfekt: Demirbay wechselt zu Leverkusen“ (de). kicker Online (2019-yil 9-may). Qaraldi: 2019-yil 13-may.
- ↑ „Leverkusen signs midfielder Kerem Demirbay from Hoffenheim“. Washington Post (2019-yil 9-may). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-may.
- ↑ „Leverkusen sign Hoffenheim and Germany midfielder Kerem Demirbay“. France 24 (2019-yil 9-may). Qaraldi: 2019-yil 13-may.
- ↑ „Kerem Demirbay, Türk Milli Takım forması giyecek - A Milli Takım Haber Detayları TFF“. www.tff.org.
- ↑ „Açıklama - A Milli Takım Haber Detayları TFF“. www.tff.org.
- ↑ „Leipzig's Demme, Hoffenheim's Demirbay and Wagner, Hertha's Plattenhardt and Gladbach's Stindl all included in Germany squad for Confederations Cup - bundesliga.com“. bundesliga.com - the official Bundesliga website. 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
- ↑ „Denmark vs. Germany - Football Match Summary - June 6, 2017 - ESPN“.
- ↑ „Match report: Chile – Germany“. FIFA. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.