Keskich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Keskich (mashinasozlikda) — metall va metallmas zagotovkalarga ishlov beruvchi kesuvchi asbob. Kesuvchi qismi maʼlum geometrik shaklga ega boʻlgan kallak va stanokka mahkamlanadigan tanadan iborat. Kallagining shakliga koʻra, K. toʻgʻri, qayirma (egilgan) kallakli; tutqichining shakliga koʻra, toʻgʻri toʻrtburchakli, kvadrat, doiraviy; kallakni tanaga tutashtirilishi boʻyicha yaxlit, payvand kallakli, kavsharlangan plastinkali va b. turlarga boʻlinadi. K.lar ishlov berish turiga qarab oʻtuvchi, qirqib oluvchi, yoʻnib kengaytiruvchi, kesib tushiruvchi, rezba ochuvchi, ariqcha yoʻnuvchi va b.ga boʻlinadi. K.ning yana xomaki ishlash (shilish), toza ishlash, yupqa yoʻnish, silliqlovchi turlari; chapaqay (zagotovka oʻngdan chapga tomon yoʻnaladi), oʻnaqay (chapdan oʻngga tomon) turlari bor. K.ning kallagi asbobsozlik, tezkesar poʻlatlar, volfram va titan karbitlari asosidagi qattiq qotishmalar, sintetik olmoslar, mineral-keramik materiallardan; tanasi esa konstruksion poʻlatlardan tayyorlanadi. K. tokarlik stanoklari, boshqa stanoklar yoki maxsus stanoklarga oʻrnatib ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |