Kesma va interval - asosiy geometrik shakllardan biri. Toʻgʻri chiziqning A va V nuqtalari orasidagi va shu nuqtalarni qoʻshib hisoblagandagi qismi kesma deyiladi. Kesma [A, V] koʻrinishda belgilanadi. A va V nuqtalar uning uchlari deyiladi. Kesmaning uchlari orasida yotuvchi ixtiyoriy nuqta uning ichki nuqtasi deyiladi. Kesmaning uzunligi uning uchlari orasidagi masofaga teng va A, V kabi belgilanadi.

Agar koʻrilayotgan toʻgʻri chiziq haqiqiy sonlar oʻqidan iborat boʻlsa hamda uning A va V nuqtalariga a va b haqiqiy sonlar mos kelsa (a<b), u holda a <x< b tengsizliklarni qanoatlantiruvchi barcha haqiqiy x sonlar toʻplami boʻladi va u [a, b] kabi belgilanadi. a<x<b tengsizliklarni qanoatlantiruvchi barcha x sonlar toʻplami interval deyiladi [a, ] yoki (a, b) kabi belgilanadi. K. va I.ning uzunligi -a soniga teng . Barcha hakiqiy sonlar oʻqi cheksiz interval [-<*>, +~] yoki (-°°, +°°) kabi belgilanadi. (-<", a) va (, +<*>) cheksiz intervallar nurdan iborat boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil