Kesson
Kesson (frans. caisson — yashik) — O (qurilishda) — suv ostida yoki sersuv gruntda suvdan xoli ish joyi (kamera) hosil qilishga imkon beradigan toʻsuvchi qurilma; bunda suv qisilgan havo yordamida qisib chiqariladi. K. yuqorida qurilib, keyin suv ostiga oʻz ogʻirligi b-n tushiriladi. Tuproq qazilgan sari K. pastroq tushaveradi. Gidrotexnika inshootlari, koʻpriklar, tunnellar, chuqur poydevorlar va b. qurishda qoʻllaniladi; 2) ( m ye ʼ m o r l i k d a ) — toʻrtburchak (baʼzan koʻpburchak) li ichki gumbaz va ravoq osti yoki shiftning chuqur joyi. K. gumbaz shiftga asos qilib olinadi va bezak vazifasini bajaradi, shuningdek, xona akustikasini yaxshilashda muhim rol oʻynaydi; 3) (kemalarni taʼmirlashda) — kemaning suv ostidagi qismini koʻzdan kechirish yoki taʼmirlash uchun vaqtinchalik suvdan quritadigan qurilma. Kemaning quritiladigan joyi shakliga mos keladigan qilib metall yoki yogʻochdan ishlanadi. K. ichidan suv soʻrib olingandan soʻng u atrofdagi suvning bosimi taʼsirida kema korpusiga zich yopishadi. K. kemani doklarga kiritishdan xoli qilish imkonini beradi; 4) (aviatsiyada) — samolyot kanotiga taʼsir etuvchi va burovchi kuchlarni oʻziga qabul qiladigan ichi havoli qutichasimon lonjeron; 5) (metallurgi ya d a) — ichida sovituvchi suv sirkulyasiyalanadigan poʻlat quticha. Shaxta pechlarining devorlari ana shu K.lardan terib xreil qilinadi. Bulardan tashkari, K.dan marten pechlarining gaz kanallarini sovitishda ham foydalaniladi; 6) (quymachilikda) — quyma qoliplari devorlarini mustahkamlash va oʻnga sizot suvlari sizib oʻtishining oldini olish uchun ishlatiladigan gʻisht yoki betondan ishlangan qurilma (yashik). Chuqur oʻralarda quyma qoliplar tayyorlashda foydalaniladi.[1]
Manbalar tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |