Kevin Nana Yaw Berkoe (talaffuzi: Kevin Nana Yav Berko) (2001-yil 5-iyulda tugʻilgan)—angliyalik professional futbolchi. Kevin Berkoe Ikkinchi liga vakili „Salford City“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Kevin Berkoe
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kevin Nana Yaw Berkoe[1]
Tavallud sanasi 5-iyul 2001-yil (2001-07-05) (22 yosh)
Tavallud joyi Redbridge, Angliya
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Salford City
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Chelsea
2017—2019 Wolverhampton Wanderers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2020 Oxford United 0 (0)
2019—2020Oxford City (ijara) 17 (2)
2020 Salford City 3 (0)
2021AFC Telford United (ijara) 8 (0)
2022Altrincham (ijara) 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 26-sentyabr uchun)

Kevin Berkoe oʻz faoliyatini „Chelsea“ va „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubining yoshlar akademiyalarida boshlagan. Shundan soʻng,Kevin Berkoe 2019-yilda „Oxford United“ futbol klubi bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Oʻsha mavsumda Kevin Berkoe „Oxford City“ futbol klubi safida ijara shartnomasi asosida oʻynagan.Keyin 2020-yilda Berkoe klubni tark etgan va „Salford City“ futbol klubiga oʻtgan.

Faoliyati tahrir

Kevin Berkoe yoshligida „Chelsea“ va „Wolverhampton Wanderers“ futbol klublarining yoshlar jamoasida oʻynagan. U 2019-yilning mart oyida „Sunderland“ futbol klubi safida sinovdan oʻtgan, ammo may oyida „Oxford United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[2]. Klubga qoʻshilishga rozilik bildirganidan soʻng, „Oxford United“ futbol klbi menejeri Karl Robinson Kevin Berkoeni „tezkor, texnik jihatdan juda yaxshi oʻyinchi“ deb taʼriflagan[3]. Kevin Berkoe 13-avgust kuni EFL kubogi birinchi davrasida „Peterborough United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻzining „Oxford“ futbol klubidagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan[4]. 22-noyabr kuni Kevin Berkoe „Oxford City“ futbol jamoasiga 28 kunlik ijara asosida qoʻshilgan[5]. 17-dekabr kuni Kevin Berkoe klub uchun birinchi golini „St Albans City“ futbol klubi boʻlib oʻtgan uchrashuvda (3:3 hisobida durang) raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgan[6]. Keyingi haftada Kevin Berkoening klubdagi ijara muddati 2020-yil yanvar oyi oxirigacha uzaytirilgan[7]. 2020-yil yanvar oyida Kevin Berkoe yana bir oyga klubda qoladigan boʻlgan[8].

Kevin Berkoe 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Oxford United“ futbol klubini tark etgan[9]. Kevin Berkoe 2020—2021-yilgi mavsum uchun „Salford City“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[10]. 2021-yil 25-sentyabrda Kevin Berkoe Milliy liga vakili „AFC Telford United“ futbol klubiga bir oyga ijaraga oʻtgan[11]. U 2021-yil 12-noyabrda „Salford City“ futbol klubi safiga chaqirib olingan[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Oxford United 2019—2020 Birinchi liga 0 0 0 0 2 0 1 0 3 0
Oxford City (ijara) 2019—2020 Janubiy milliy liga 17 2 0 0 0 0 0 0 17 2
Salford City 2020—2021 Ikkinchi liga 0 0 1 0 0 0 2 0 3 0
2021—2022 Ikkinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 1 0 0 0 2 0 3 0
AFC Telford United (ijara) 2021—2022 Shimoliy milliy liga 8 0 0 0 0 0 0 0 8 0
Jami 25 2 1 0 2 0 3 0 31 2

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Oxford United“. English Football League. Qaraldi: 24-oktabr 2019-yil.
  2. „Kevin Berkoe: Oxford United sign former Wolves defender on one-year deal“. BBC Sport (20-may 2019-yil). Qaraldi: 21-may 2019-yil.
  3. Pritchard, David. „Oxford United sign Kevin Berkoe after Wolverhampton Wanderers exit“. Oxford Mail (29-may 2019-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2021-yil.
  4. „REPORT Oxford United 1 Peterborough United 0“. Oxford United F.C. (13-avgust 2019-yil). Qaraldi: 18-avgust 2019-yil.
  5. Edwards, Mark. „Oxford United defender Kevin Berkoe joins Oxford City on loan“. Oxford Mail (22-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 30-mart 2020-yil.
  6. „Oxford City lose three leads to draw with basement boys St Albans City“. Oxford Mail (17-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2021-yil.
  7. „Berkoe and McCreadie Loans Extended“. Oxford United F.C. (23-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 30-mart 2020-yil.
  8. „Berkoe and Lofthouse Extend City Loans“. Oxford United F.C. (31-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 30-mart 2020-yil.
  9. „Club List of Registered Players as at 23rd June 2020“. DFL (2020-yil 23-iyun). Qaraldi: 18-sentabr 2020-yil.
  10. „Games played by Kevin Berkoe in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-noyabr 2020-yil.
  11. „Defender signs“. AFC Telford United (25-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2021-yil.
  12. „Preview: Scunthorpe United vs Salford City“. Salford City FC. 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2021-yil.