Kevin De Bruyne (talaffuzi: Kevin De Bryuyne) — belgiyalik futbolchi, „Manchester City“ va Belgiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Zamonamizning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan[1].

Kevin De BruyneFutbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan

28-iyun 1991-yil (1991-06-28)(31 yosh) Gent, Flandriya, Belgiya

Fuqaroligi
Boʻyi

181 cm

Pozitsiyasi

yarim himoyachi

Klub haqida maʼlumotlari
Klub

Flag Anglii Manchester City

Raqami

17

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

„Gent“ va „Genk“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi. 2008-yilda u „Genk“ safida debyut qilib, kattalar karerasini boshladi. Keyinchalik, u ushbu jamoada 80 dan ortiq oʻyin oʻtkazib , 2011 yil Belgiya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda u Londonning „Chelsea“ klubiga oʻtdi, ammo darhol „Werder“ga ijaraga berildi. „Werder“ klubi tarkibida u Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi. 2013-yilning yanvaridan boshlab u „Wolfsburg“da oʻynamoqda. 2015- yilning yozida Kevin „Manchester City“ futbolchisiga aylandi.

Belgiyada 2015-yilning eng yaxshi sportchisi de tan olindi. 2015-yilda u Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi, 2020-yilda esa Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Kevin Belgiyaning yirik sanoat markazi Gent shahrida tugʻilib oʻsgan. Bolaligida u bolalar turnirlari va turli yarmarkalarda oʻynay boshladi. 12 yoshida u mahalliy „Gent“ uchun tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bu erda ikki yil oʻtkazgandan soʻng, De Bruyne „Genk“ga koʻchib oʻtdi va klubning yoshlar jamoasidagi oʻyinlaridan boshladi. U „Genk“da 2009-yil 9-may kuni „Charleroi“ga qarshi o‘yinda ilk debyutini o‘tkazdi, o‘shanda jamoasi 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi[2].

De Bruyne 2013-yilda „Chelsea“ safida

Xalqaro karyerasi tahrir

De Bruyne Belgiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2010-yil 11-avgustda u Turku shahrida Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazgan va unda jamoasi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan[3].

Braziliyada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi jahon chempionatining final turnirida u Belgiya terma jamoasi safida beshta oʻyinda ishtirok etib, bitta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan[4].

Kevin Belgiyaning 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun soʻnggi 23 kishilik taklifiga kiritilgan edi[5]. 18-iyun kuni Panama terma jamoasi bilan oʻyinda (3:0) De Bruyne Romelu Lukakuga yordam bergan[6]. 6-iyul kuni u Braziliyaga qarshi chorak final uchrashuvida (2:1) gʻalaba toʻpini kiritga va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[7]. Yarim finalda Belgiya boʻlajak jahon chempioni Fransiyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan[8]. 14- iyul kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Belgiya terma jamoasi Angliya terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etgan[9].

U 2020-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaga kiritilgan. U Rossiya terma jamoasi bilan oʻyinni jarohati tufayli oʻtkazib yubordi[10] . Daniya terma jamoasi bilan oʻyinda u 0:1 hisobida zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi va gʻalaba golini kiritdi, uchrashuv 2:1 hisobida Belgiya terma jamoasi foydasiga hal boʻldi.

Statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubog Liga kubogi Yevropa kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Genk 2008-2009 Belgian First Division 2 0 0 0 2 0
2009-2010 Belgian Pro League 35 3 2 0 2 0 1 0 40 3
2010-2011 Belgian Pro League 32 5 0 0 3 1 0 0 35 6
2011-2012 Belgian Pro League 28 8 1 0 6 0 1 0 36 8
Jami 97 16 3 0 11 1 2 0 113 17
Chelsea 2012-2013 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2013-2014 Premier League 3 0 0 0 3 0 3 0 9 0
Jami 3 0 0 0 3 0 3 0 0 0 9 0
Werder Bremen (ijara) 2012-2013 Bundesliga 33 10 1 0 34 10
VfL Wolfsburg 2013-2014 Bundesliga 16 3 2 0 18 3
2014-2015 Bundesliga 34 10 6 1 11 5 51 16
2015-2016 Bundesliga 2 0 1 1 1 0 4 1
Jami 52 13 9 2 11 5 1 0 73 20
Manchester City 2015-2016 Premier League 25 7 1 1 5 5 10 3 41 16
2016-2017 Premier League 36 6 5 0 1 0 7 1 49 7
2017-2018 Premier League 37 8 3 1 4 2 8 1 52 12
2018-2019 Premier League 19 2 4 2 5 2 4 0 0 0 32 6
2019-2020 Premier League 35 13 2 1 3 0 7 2 1 0 48 16
2020-2021 Premier League 25 6 3 1 4 0 8 3 40 10
2021-2022 Premier League 30 15 3 1 2 1 10 2 0 0 44 19
2022-2023 Premier League 9 1 0 0 0 0 2 0 1 0 12 1
Jami 216 58 21 7 24 10 56 12 2 0 319 87
Umumiy karyerasida 401 97 34 9 27 10 81 18 5 0 548 134

Yutuqlari tahrir

„Genk“

  • Belgiya chempioni: 2010-2011
  • Belgiya kubogi sohibi: 2008-2009
  • Belgiya Superkubogi sohibi: 2011-yil
  • Angliya chempioni (4): 2017-2018, 2018-2019, 2020-2021, 2021-2022
  • Angliya kubogi gʻolibi: 2018-2019
  • EFL kubogi sohibi (5): 2015-2016, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020, 2020-2021
  • Angliya Superkubogi sohibi (2): 2018, 2019
  • UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2020-2021

Manbalar tahrir

  1. V nekotorix russkix istochnikax oshibochno De Bryuyne.
  2. „Kevin De Bruyne“. National Football Teams. 2012-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-may.
  3. „Finland 2–0 Belgium“. 2012-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-iyun.
  4. „Итоги ЧМ-2014. Бельгия“. Football.ua. 2014-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
  5. „Belgium's 2018 World Cup squad: Who joins Hazard & Lukaku in the 23-man squad? | Goal.com“. www.goal.com. 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  6. „Бельгия - Панама: дубль Лукаку помог бельгийцам разгромить дебютантов на ЧМ-2018“ (ru). www.sport-express.ru (2018-yil 18-iyun). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  7. Василий Конов-мл. „Бельгия обыграла Бразилию и вышла в полуфинал ЧМ-2018‍“ (ru). Спорт РИА Новости (7-iyul). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  8. „Франция - Бельгия (1:0) 10 июля 2018. Чемпионат мира. 2018. Финальный турнир. Протокол матча“ (ru). news.sportbox.ru. 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  9. „Бельгия заняла третье место в Чемпионате мира по футболу FIFA 2018 в России™. Новости. Первый канал“ (ru). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  10. „Де Брюйне пропустит игру с Россией: «Надеюсь сыграть во втором матче. Боль еще есть»“. 2021-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan.