Kevin Lynch (talaffuzi: Kevin Linch) (1991-yil 23-aprelda tugʻilgan)—amerikalik professional xokkeychi. Kevin Lynch hozirda erkin agent boʻlib, yaqinda Amerika Xokkey Ligasi (AHL) vakili „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi bilan shartnoma tuzgan.

Kevin Lynch
Lynch Laval Rocket klubida 2020-yil
Tugʻilgan joyi 23-aprel 1991-yil (1991-04-23) (33 yosh)
Grosse Pointe, Michigan, AQSH
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 210 lb (95 kg; 15 st 0 lb)
Pozitsiyasi markaziy hujumchi
AHL
Sobiq jamoalar
Erkin agent
Syracuse Crunch
Manitoba Moose
Laval Rocket
NHLga kirish drafti 56-oʻrindagi tanlov, 2009
Columbus Blue Jackets
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Kevin Lynch Michigan universitetida oʻqidi, u yerda u „Michigan Wolverines“ xokkey klubi safida NCAA xokkey turnirining toʻrt mavsumini (2009—2013) oʻtkazdi. Kevin Lynch 2008—2009-yilgi CCHA chempioni „Wolverines“ xokkey klubi aʼzosi edi[1].

 
Kevin Lynch „Michigan Wolverines“ klubi bilan Joe Louis Arenada 2012-yil 11-yanvar.

2013-yil 10-sentyabrda Amerika Xokkey Ligasi vakili „Grand Rapids Griffins“ jamoasi Lynch bilan bir yillik shartnoma imzoladi[2]. „Griffins“ klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashgandan soʻng, Kevin Lynch 2013—2014-yilgi mavsumni boshlash uchun ECHL filialiga, „Toledo Walleye“ xokkey klubiga tayinlandi. Lynch mavsumni ECHLda oʻtkazdi va „Walleye“ xokkey klubi bilan 53 oʻyindan soʻng „Evansville IceMen“ klubiga qayta tayinlandi.

2014-yil 11-sentyabrda Lynch „Florida Everblades“ xokkey klbui bilan bir yillik shartnoma imzolab, ECHLdagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi[3]. 2014-yil 15-dekabrda Lynch „Everblades“ klubi filiali „Syracuse Crunch“ xokkey klubi bilan mavsumning qolgan qismi uchun AHL shartnomasini imzoladi[4].

2016-yil 7-iyulda Lynchning huquqlari „Everblades“ klubi tomonidan „Indy Fuel“ klubiga sotildi. Keyin Kevin Lynch „Fuel“ klubi bilan bir yillik shartnomaga rozilik bildirdi[5].

2017-yil 21-yanvardaKevin Lynch „Crunch“ klubi bilan shartnoma imzoladi[6]. U mavsumning qolgan qismini „Crunch“ klubi bilan oʻtkazdi va Calder kubogi pley-off bosqichida finalga chiqdi. Mavsum yakunlangach, „Crunch“ klubi Lynch bilan 2017—2018-yilgi mavsum uchun bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[7].

Mavsumdan soʻng Kevin Lynch NHL filiali „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[8]. Kevin Lynch mavsum davomida koʻplab jarohatlar oldi va uchta jarrohlik amaliyoti tufayli 2018—2019-yilgi mavsumni toʻliq oʻtkazib yubordi[9]. Kevin Lynch 2018-yil oktyabr oyida „Lighting“ klubi bilan mavsumoldi mashgʻulotlarida miyasidan va oyogʻidan jarohat olgan edi va 2018-yil oktyabr oyida uning jarohatlari bilan bogʻliq uchta operatsiya oʻtkazildi.

Lynch kelgusi mavsumda kutilayotgan erkin agent boʻlishiga qaramay, 2019-yilgi „Lightning“ klubining oʻquv-mashgʻulot lageriga taklif oldi. Keyinchalik u shartnomasiz ozod qilindi va 2019-yil 1-oktyabrda „Laval Rocket“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[10].

2020—2021-yilgi mavsum oraligʻida erkin agent sifatida Lynch oʻzining professional faoliyatini davom ettirish uchun 2021-yil 9-avgustda „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasiga rozi boʻldi[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Assist Ochko Penalti Oʻyin Gol Assist Ochko Penalti
2007—2008 AQSH milliy rivojlanish jamoasi NAHL 43 11 4 15 24 3 2 0 2 0
2008—2009 AQSH milliy rivojlanish jamoasi NAHL 16 8 7 15 14
2009—2010 Michigan universiteti CCHA 45 6 10 16 44
2010—2011 Michigan universiteti CCHA 44 11 5 16 36
2011—2012 Michigan universiteti CCHA 39 8 5 13 30
2012—2013 Michigan universiteti CCHA 40 10 17 27 46
2013—2014 Toledo Walleye ECHL 53 10 18 28 10
2013—2014 Evansville IceMen ECHL 14 3 4 7 6
2014—2015 Florida Everblades ECHL 11 2 5 7 12
2014—2015 Syracuse Crunch AHL 53 3 1 4 20 1 0 0 0 0
2015—2016 Florida Everblades ECHL 62 22 36 58 32 6 2 2 4 6
2015—2016 Manitoba Moose AHL 5 0 0 0 2
2015—2016 Syracuse Crunch AHL 2 0 0 0 0
2016—2017 Indy Fuel ECHL 35 11 13 24 37
2016—2017 Syracuse Crunch AHL 37 5 2 7 18 19 3 2 5 10
2017—2018 Syracuse Crunch AHL 57 14 12 26 48 7 2 3 5 8
2019—2020 Laval Rocket AHL 54 7 14 21 36
2020—2021 Laval Rocket AHL 7 1 1 2 0
AHL (jami) 215 30 30 60 124 27 5 5 10 18

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Assist Ochko Penalti
2008-yil Qoʻshma Shtatlar U17   6 3 1 4 6
2009-yil Qoʻshma Shtatlar U18   7 5 5 10 6
Oʻsmirlar 13 8 6 14 12

Manbalar tahrir

  1. „Kevin Lynch Bio“. University of Michigan (12-dekabr 2012-yil). 2017-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2012-yil.
  2. „Griffins sign Lynch to AHL deal“. Grand Rapids Griffins (10-sentabr 2013-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2013-yil.
  3. „'Blades add center Kevin Lynch“. Florida Everblades (11-sentabr 2014-yil). 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2014-yil.
  4. „Kevin Lynch signed to AHL pact“. Syracuse Crunch (15-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
  5. „Fuel receive top 20 scorer in trade with Florida“. Indy Fuel (7-iyul 2016-yil). 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2016-yil.
  6. „Syracuse Crunch sign forward Kevin Lynch to PTO“. Syracuse Crunch (21-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  7. „Syracuse Crunch sign forward Kevin Lynch to AHL contract“. Syracuse Crunch (21-iyun 2017-yil). Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  8. „Tampa Bay Lightning Sign Forward Kevin Lynch to One-Year, Two-Way Contract“. Syracuse Crunch (1-iyul 2018-yil). Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  9. „It's been the cruelest of seasons for 3 Crunch players“. syracuse.com (22-aprel 2019-yil). Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  10. „Rocket agree to terms with Kevin Lynch“. Twitter (1-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.
  11. „Kevin Lynch signs one-year deal with Griffins“. Grand Rapids Griffins (9-avgust 2021-yil). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.