Sipxandon Khamtay (1924.8.2, Champasak viloyatining Xuakxongnia qishlogʻi) — Laos davlat arbobi. 1947-yildan inqilobiy harakatda. Laos Xalq inqilobiy partiyasining aʼzosi (1956). Jan. rayonlar shtabi zobiti (1947—1948), Jan. rayonlarda Laos ozodligi hukumati aʼzosi, Laos jan.da inqilobiy ozod rayonlar tuzish uchun masʼul (1948—1950), Laos ozodligi fronti MK aʼzosi (1950—1952), Markaziy rayon qoʻmitasi raisi (1952—1954). Patet Lao (Milliy front) armiyasi shtabi aʼzosi (1955— 56), partiya MK boʻlimi mudiri (1957— 59), 1959-yildan Patet Lao fronti radioeshittirish, par’viya MK harbiy sektori uchun masʼul, 1975-yildan Laos bosh vaziri oʻrinbosari va Laos xalq armiyasi bosh qoʻmondoni, 1991-yildan Laos bosh vaziri, 1992-yildan Laos Xalq inqilobiy partiyasi MKraisi. 1972-yildan Laos Xalq inqilobiy partiyasi Siyosiy byurosi aʼzosi, 1982—1990-yillarda MK kotibi, 1998-yil fevraldan Laos Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti[1].

Manbalar tahrir