Kia Pegas — Janubiy Koreyaning Kia Motors korporatsiyasi tomonidan 2017 yildan beri ishlab chiqarilgan oʻrta oʻlchamli sedan avtomobil[1][2].

Kia Pegas (AB)
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Kia Motors
Boshqa nomlari Kia Soluto
Model yili 2017 - yildan hozirgi kungacha
Tasnifi
Komponovkasi Layout old dvigateli, old g'ildiragi
Platformasi Hyundai-Kia PB
Kuch moslamalari
Dvigateli Kappa II MPI
Transmissiyasi

5 tezlik qo'lda uzatish

4 tezlik avtomatik uzatish
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2570 mm
Uzunligi 4300 mm
Kengligi 1700 mm
Balandligi 1460 mm
Eksteryer
Kuzov turi 4‑dv. sedan

Tavsif

tahrir

Kia Pegas birinchi marta 2017-yilgi Shanxay avtosalonida taqdim etilgan. Model PB platformasiga asoslangan. Kappa II MPI benzinli ichki yonish dvigateli bilan jihozlangan.

Pegas K2/Rio sedanining oldingi avlodi platformasida yaratilgan va quvvati 95 ot kuchiga ega 1,4 litrli benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Vites qutilari — besh pogʻonali mexanik yoki toʻrt pogʻonali avtomat[3].

Bundan tashqari avtomobil zamonaviy koʻrinishga ega ichki dizayni ham uning sotuvini ochirgan. Elektronlashgan boshqaruv mexanizmi ham qolgan modellarga nizbatan ancha takomillashtirilgan.

Dvigatel ham Kia avtomobillarining eng oxirgi variantida qo'llanilgandek o'rnatilgan va vaznni kamaytirish uchun hajmi kichiklashtirilgan. Bu modelning tezligini oshirishga ham yordam bergan.

2019-yil dekabr va 2020-yil dekabr oylarida model yangilandi. 2019-yilgi modernizatsiyada yoritish uskunalari, bamperlar va radiator panjara oʻzgartirildi. 2020-yilda radiator panjarasining dizayni modernizatsiya qilindi, avtomobilning ichki qismiga oʻzgartirishlar kiritildi. 2020-yilgi modernizatsiya avtomobilni kompaniyaning yangi korporativ uslubiga moslashtirish uchun amalga oshirildi.

Xitoyda model 2017-yil avgustidan[4], 2018-yildan esa model Misrda sotila boshlandi. Filippinda model 2019 yil 30 yanvarda Kia Soluto[5][6][7][8] nomi bilan taqdim etilgan. Vetnamda model 2019-yil sentabr oyidan sotuvga chiqarildi[9]. 2020-yil 18-sentabrdan model Bruneyda, 2021-yil 14-iyundan esa Janubiy Afrikada sotiladi[10].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Óscar Julián Restrepo Mantilla. „Kia Sephia Taxi 2020: Características y precio en Colombia“ (es). El Carro Colombiano (2019-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  2. „Kia Global Media Center : Kia unveils new Pegas and K2 Cross at the Shanghai International Automobile Industry Exhibition“. www.kianewscenter.com. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  3. „Kia Pegas“.
  4. W. E. Ning. „The New Kia Pegas Sedan Is Almost Ready For China“ (en-US). CarNewsChina.com (2017-yil 17-may). Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  5. V. Vernon B. Sarne. „Here’s what we think Kia PH will launch on January 30“ (en). visor.ph. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  6. Autodeal on Jan 17, 2019. „What’s inside the red Kia box in BGC? Here’s our guess“ (en). AutoDeal (2019-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  7. „This China-Made Kia is One of the Cars Ayala's Unboxing in 2 Weeks“. CarGuide.PH | Philippine Car News, Car Reviews, Car Prices. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  8. „Kia PH introduces Soluto subcompact sedan; price starts at P625,000“ (en). https://www.topgear.com.ph. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  9. bizhub.vn. „Kia accepts pre-order for new B-segment sedan at prices starting from 107,196“ (vi-VN). Việt Nam News. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  10. „Kia Pegas compact sedan has arrived: SA prices and specs“ (en-US). CAR Magazine (2021-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.

Havolalar

tahrir