Kichik Bozor masjidi
Kichik Bozor masjidi (ozarbayjoncha: Kiçik Bazar məscidi) – Ozarbayjonning Lenkoran shahrida joylashgan masjid[1]. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi qarori bilan masjid mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarixiy va madaniy meʼmoriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan (4806-son)[2].
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Shahar | Lankaran |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | 1906 yil |
Minoralar balandligi | 24 m |
Kichik Bozor masjidi Vikiomborda |
Tavsifi
tahrirKichik Bozor masjidi 1906-yilda bunyod etilgan. Masjid qurilishida, asosan, qizil pishiq gʻisht, mahalliy yogʻoch turlari va keramik plitkalardan foydalanilgan[3].
Masjid nomi uning joylashgan hududi – Lenkoran markazi Kichik Bozor nomidan kelib chiqqan[4]. Masjidning chap eshigini „Fujul-Fusah“ adabiy kengashi aʼzosi, usta Mammadhasan Najar, oʻng eshigini esa usta Mammadali yasagan[5]. Masjid qurilganda uning yonida Guldesta nomi bilan mashhur boʻlgan muhtasham minora boʻlgan. Ushbu muhtasham minora 1930-yillarda Sovet istilosidan keyin „Dinga qarshi kurash“ shiori ostida buzib tashlangan.
Masjid binosining uzunligi 26 metr, eni 10 metr, devorlarining qalinligi 1 metrni tashkil etadi. Asl minora sovet tuzumi tomonidan vayron qilinganidan soʻng qurilgan 24 metrli minorada oq gʻisht bilan qoplangan arabcha „Alloh“ yozuvi mavjud. Masjidda bir vaqtning oʻzida 250 kishi namoz oʻqishi mumkin[6].
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Mirhaşım Talışlı, Etibar Əhədov. Lənkəran Ensiklopedik Məlumat. Baku: 3 saylı Bakı Mətbəəsi, 2017 — 292–293-bet.
- ↑ „Azərbaycan Respublikası Mədəniyyət Nazirliyi Mədəni İrsin Qorunması, İnkişafı və Bərpası üzrə Dövlət Xidməti“. heritage.gov.az. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ „Lənkəran şəhəri, Kiçik Bazar məscidi“ (az). scwra.gov.az. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ „Lənkəran mədəniyyəti“ (az). lenkeran-ih.gov.az. 2013-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ Mirhaşım Talışlı, Etibar Əhədov. Lənkəran Ensiklopedik Məlumat. Baku: 3 saylı Bakı Mətbəəsi, 2017 — 292–293-bet.
- ↑ „Azərbaycan Respublikası Mədəniyyət Nazirliyi Mədəni İrsin Qorunması, İnkişafı və Bərpası üzrə Dövlət Xidməti“. heritage.gov.az. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.