Kichik George Gwilt (1775–1856) – ingliz meʼmori, arxitekturi. Gwilt Avliyo Saviour cherkovining sharqiy qismini qayta tiklashi bilan mashhurdir.

Kichik George Gwilt

Biografiyasi tahrir

 
Southwark soborining sharqiy tomoni Kichik George Gwilt tomonidan tiklangan

Gwilt 1775-yil 8-may kuni Southwarkda tugʻilgan. Unga otasi biznesini topshirilgan ammo u meʼmor sifatida muvaffaqiyat qozongan. U birinchi ishi 1801-yilda West India Dock kompaniyasi uchun qurilgan yirik omborlar edi[1].

Gwilt arxitekturaning faol amaliyotidan koʻra oʻrganishga qiziqdi va u oʻzini arxeologik izlanishlarga bagʻishladi. U 1815-yil 14-dekabrda antikvarlar jamiyatining Arxeologiya va Vetusta yodgorligi uchun koʻplab maqolalar yozgan. 1820-yilda u London shahridagi Avliyo Maru-le-Bowdagi Wrencherkovini qayta qurishga rahbarlik qildi. Uning yuqori qismi temir kramplari chirishi tufayli olib tashlanishi kerak edi. Norman va Qadimgi Rim qoldiqlarini oʻz ichiga olgan binoning poydevori bir vaqtning oʻzida Gwilt boshchiligida taʼmirlangan[1].

Kichik George Gwilt Southwarkning qadimiy obidalari bilan qiziqdi va 1815-yilda Gentlemenʼs jurnaliga Winchester saroyi qoldiqlari haqida maqola yozdi[1]. U shuningdek, Britton va Puginning London jamoat binolari rasmlariga oʻz hissasini qoʻshgan[1].

Gwiltning eng muhim arxeologik ishilaridan biri (hozirgi Sautvark sobori) Avliyo Saviour cherkovini qayta tiklash edi. Minora 1822-1885-yillarda 35 000 funt sterlingga tiklangan[1]. Cherkovni oʻzining XIII asrdagi koʻrinishiga qaytarish ishtiyoqida u xorning sharqiy tomonidagi XVI asrda oʻrnatilgan derazalarni olib tashladi va uchta lansetli derazaga almashtirdi[2]. Avliyo Saviour ibodatxonasi 3000 funt sterlingi jamoat hayriyasi hisobidan qayta tiklangan[1]. Gwilt binoning qolgan qismini[2] oʻz hisobidan tiklagan[1].

Gvilt 1856-yil 26-iyunda 81-yoshida vafot etdi. Va davlat kotibining buyrugʻi bilan Janubiy Avliyo Saviour xorining qabriga dafn qilindi[1].

Oilasi tahrir

George Gwilt 1800-yil 1-sentabrda Mary Ann Applegathga Isleworthdagi All Saints cherkovida nikohdan oʻtishdi. Mary Anning oʻgay otasi John Busch (1730-1795) landshaft meʼmoridir.

George va Mary Annning uchta oʻgʻli boʻlgan. George va Charles Edwin iqtidorli meʼmorlar edi, ammo ikkalasi ham yosh vafot etishgan. Charles Edwin baʼzi qadimiy yodgorliklari toʻgʻrisidagi maqolalarini Southwarkning Arxeologiyasiga taqdim etgan[1].

Ularning beshta qizi ham bor edi. Uchinchi qizi Xanna (1807-18930) astronomiyaga katta qiziqish boʻlgan va Qirollik Astronomiya Jamiyatining Jekson-Gwilt medali sovrindori hisoblangan. Ikkinchi qizi Sarahning kenja oʻgʻli Edvard Haldane Cotsworth(1832-1892) avstraliyalikilk fotografedi. Kichik qizi, Aderlinning oʻgʻli Martin Gwilt Jolley rassom edi(1859-1916).

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Burnet 1890.
  2. 2,0 2,1 Worley 1905.
  • Andoza:DNB This source notes:
    • Builder, vol. xiv. (1856);
    • Gent. Mag. (1833), pt. i. p. 254, (1856), ii. 250.