Kichik shakllar meʼmorligi— meʼmorlikning tabiat manzarasi bilan uygʻunlashgan, nisbatan mayda hajmdagi mahsuli. Keng maydonlarni tashkil etish, bogʻ-park kompozitsiyalarini shakllantirish maqsadida oʻrnatilgan kichik qurilma. Favvora, zinapoya, koʻprikchalar, toʻsiqlar, madaniy-maishiy xizmat hamda yaxna ichimlik va shirinliklar doʻkonlari; elektr yoritkichlar, gul ekiladigan vazasimon qurilmalar; reklama-tijorat, koʻrgazma qurilma va inshootlari; yoʻl koʻrsatkichlar; yodgorlik, monument va boshqa kiradi. Majmualar ajralmas qismi sifatida ham bunyod etiladi (mas, Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyoboni, Alisher Navoiy xiyobonidagi qurilmalar va boshqalar). Koʻpgina namunalarida sanʼatlar sinteziga erishiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil