Kieran John Trippier (talaffuzi: Kiran Jon Trippier; 1990-yil 19-sentabrda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Angliyaning „Newcastle United“ futbol klubi va Angliya terma jamoasi himoyachisi. Angliyaning turli yoshdagi yoshlar terma jamoalari, shuningdek, yoshlar terma jamoasi vakili.

Kieran Trippier
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kieran John Trippier[1]
Tavallud sanasi 19-sentyabr 1990-yil (1990-09-19) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Bury, Angliya
Boʻyi 5 feet 10 inches (1.78 m)[3]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newcastle United
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2009 Manchester City

Xalqaro faoliyati tahrir

Kieran Trippier birinchi marta 2007-yilning noyabr oyida 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga Gana terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan. 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida Kieran Trippier 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan va u yerda jamoasi bilan finalga chiqqan[4]. Keyin Kieran Trippier 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga tarkibiga olingan. Kieran Trippier uchta oʻyinda toʻliq oʻynagan[5][6][7]. 2010-yil oktabr oyida Kieran Trippier yoshlar terma jamoasiga 2011-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirining pley-off bosqichida, xususan, Ruminiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan[8]. U bir oydan soʻng Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ilk golini urgan[9].

Asosiy jamoadagi debyut 2017-yil 13-iyun kuni Fransiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlib oʻtgan. Kieran Trippier uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan va 76-daqiqada almashtirilgan. Biroq uchrashuv fransuzlarning gʻalabasi bilan yakunlangan[10].

2018-yilning 11-iyulida, Xorvatiya bilan jahon chempionati yarim final uchrashuvining 5-daqiqasidayoq Kieran Trippier milliy terma jamoadagi ilk golini urgan, ammo yakunda britaniyaliklar mag‘lub bo‘lishgan.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Oʻyin Oʻyin Oʻyin Oʻyin Oʻyin Oʻyin Oʻyin
Barnsley F. C.  Angliya 2009—2010 3 0 3 0
2010—2011 39 2 2 0 41 2
Jami 42 2 2 0 0 0 44 2
Burnley F. C.  Angliya 2011—2012 46 3 4 1 50 4
2012—2013 45 0 3 0 48 0
2013—2014 41 2 5 1 46 3
2014—2015 38 0 3 0 41 0
Jami 170 5 15 2 0 0 185 7
Tottenham Hotspur F. C.  Angliya 2015—2016 6 1 3 0 10 0 19 1
2016—2017 12 0 7 0 3 0 22 0
2017—2018 24 0 8 0 3 0 35 0
2018—2019 27 1 3 0 8 0 38 1
Jami 69 2 21 0 24 0 114 2
Atlético de Madrid  Ispaniya 2019—2020 25 0 2 0 6 0 33 0
2020—2021 28 0 0 0 7 0 35 0
2021—2022 15 0 0 0 3 0 18 0
Jami 68 0 2 0 16 0 86 0
Newcastle United F. C.  Angliya 2021—2022 6 2 1 0 7 2
2022—2023 15 1 2 0 17 1
Jami 21 3 3 0 0 0 24 3
Umumiy faoliyatida 370 12 43 2 40 0 453 14

Manbalar tahrir

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: England“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Kieran Trippier: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
  3. „Kieran Trippier: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  4. „England U-19 vs. Ukraine U-19“ (en). Transfermarkt. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  5. „England U-20 vs, Uruguay U-20“ (en). Transfermarkt. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  6. „Ghana U-20 vs. England U-20“ (en). Transfermarkt. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  7. „Uzbekistan U-20 vs. England U-20“ (en). Transfermarkt. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  8. „Man City fullback Trippier wins first England U21 call“ (en). tribalfootball.com. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  9. „Germany U-21 vs. England U-21“ (en). Transfermarkt. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  10. „Франция - Англия 3:2“. eu-football.ru. 2017-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.