Kievdagi knyaginya Olga haykali
Kievdagi knyaginya Olga haykali — Kiev shahrida oʻrnatilgan yodgorlik.
Yodgorlik dastlab 1911-yil 4-(17) sentabrda ochilgan[1][2]. Mualliflar: Ivan Kavaleridze, Pyotr Snitkin, arxitektor V. N. Rikov.
Yodgorlikning tavsifi
tahrirKompozitsiya pushti granit poydevoridagi uchta figuradan iborat. Markazda knyaginya Olga, chap tomonda havoriylardan Andrey birinchi havoriy, oʻngda — slavyan xalqining maʼrifatchilari Kiril va Metyus oʻrin olgan.
1919-yilda knyaginya Olga haykalini yiqitib, ikkiga boʻlindi. Yon haykallar taxtalar bilan oʻrab mixlandi. Olga oʻrniga Shevchenkoning byusti qoʻyildi (dastlab bu joy uchun rejalashtirilgan edi). 1923-yilda haykaltaroshlik kompozitsiyasi demontaj qilindi.
1996-yil 25-mayda yodgorlik qayta oʻrnatildi. Qayta tiklash mualliflari: haykaltaroshlar Vitaliy Sivko, Nikolay Bilik va Vitaliy Shishov.
Manbalar
tahrir- ↑ Yego Imperatorskoe Velichestvo Gosudar Imperatorʼ ne izvolitʼ prisutstovat na osvyaщenіi pamyatnika sv. Olgi… // Kіevlyaninʼ. — 1911. — № 244. — 4-sentabrya. — S 4. Andoza:Ref-ru-dor
- ↑ Otkritіe pamyatnika sv. knyaginѣ Olgѣ // Kіevlyaninʼ. — 1911. — № 245. — 5-sentabrya. — S 4. Andoza:Ref-ru-dor