KigaliRuanda poytaxti. Kigali prefekturasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Aholisi 400 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iyul va avgust oylari quruq mavsumli ekvatorial mussonli iqim, oʻrtacha oylik temperatura 20—21°; yillik yogʻin 1000 mm dan ortiq.

Kigali

Kigali — mamlakatning savdo va sanoat markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari tuguni. Shosse yoʻllari orqali Uganda, Burunli va Tanzaniya davlatlari bilan bogʻlangan. Oziqovqat (kofe, choyni qayta ishlash, pivo pishirish, alkogolsiz ichimliklar tayyorlash), koʻn poyabzal va toʻqimachilik (ip gazlama) sanoati korxonalari; mebel, gugurt fabrikalari; metallkonstruksiyalar zavodi, avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shahar atrofida kofe, choy plantatsiyalari; qalay eritish korxonasi joylashgan.

Kigali 1898-yildan Germaniya rezidentining Ruandadagi qarorgohi boʻlgan. 1908-yilda qarbiy post tuzilgan. 1922-yildan Belgiyaning Ruanda-Urundi mandatidagi, 1946-yildan vasiyligidagi hududining maʼmuriy markazi. 1962-yildan mustaqil Ruanda poytaxti.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil