Kikoin - NOSKOV EFFEKTI, fotomagnit-elektr effekt — magnit maydoni N ga joylashtirilgan yarimoʻtkazgich yoritilganda elektr maydoni hosil boʻlishi hodisasi. Bu elektr maydoni magnit maydoniga, yarimoʻtkazgichning yeritilgan sirtidan yoritilmagan sirtiga diffuziyalanayotgan zaryad tashuvchilar (elektronlar va kovaklar) oqimiga perpendikulyar boʻladi.

K — N. e. asosiy boʻlmagan tok tashuvchilarning oʻta bir jinsli boʻlmagan konsentratsiyasida kuzatiladi (bunday holat yorugʻlik kuchli yutilganda vujudga keladi). Bu effektni 1933 yilda Kikoin I.K. va Noskov M.M. hamkorlikda kashf qilgan. Bu hodisa fotomagnitoelektr effekt ham deyiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil