Kil — GFRdagi shahar va port, Boltik, dengizidan Kil kanaliga kiraverishda, Shlezving-Golshteyn yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 237 ming kishi (1998). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Kemasozlik, aniq mexaniqa va optika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Baliqqayta ishlanadi. K. 13-asrdan maʼlum; 1242 y.dan shahar. Un-t (1665), ilmiy markazlar bor. [1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil