Kilkalar

selʼdsimonlar oilasiga mansub mayda baliqlarning bir urugʻi

Kilkalar — selʼdsimonlar oilasiga mansub mayda baliqlarning bir urugʻi. Qorni ikki yon tomondan siqilgan. Korin tomoni boʻylab halqumdan anal teshigigacha 24—31 ta pixeimon yirik tangachalardan iborat pushtachasi (kili) joylashgan (nomi shundan olingan). Tanasining uz. 4 sm dan 14— 15 sm gacha. Qora, Kaspiy va Azov dengizlari hamda shu dengiz havzalariga qarashli suvlarda tarqalgan. Ogʻzi tumshugʻining yuqori tomonida joylashgan, tishsiz. Shoʻrlangan va chuchuk suvlarda yashaydi. Plankton organizmlar - suv oʻtlari, qisqichbaqasimonlar va b. bilan oziqlanadi. 4 turi (oddiy kaspiy, Abraus, Anchous, katta koʻz K.) mavjud. K. yirtqich baliqlar, asosan, sudaklarning asosiy ozigʻi. Koʻplab ovlanganidan soni keskin kamayib ketgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil