Kim Yoon-ji (inglizcha ismi: Christine Kim) — Janubiy Koreyada yashovchi koreys-amerikalik qoʻshiqchi. U NS Yoon-G sahna nomi ostida ijro etadi va 2009-yilda „JTM Entertainment“ kompaniyasi ostida „Head Hurts“ raqamli singli bilan debyut qilgan.[1][2] U hozir „VAST Entertainment“ bilan ishlaydi. Uning nomidagi „NS“ dastlab „Yangi ruh“ degan maʼnoni anglatgan, ammo keyinchalik „Yangi yulduz“ ga oʻzgartirilgan. Kim oʻzining koreyscha ismini sahna nomining bir qismi sifatida ishlatgan, chunki u „Christine“ ni koreyslar uchun talaffuz qilish juda qiyin deb topgan[3].

Kim Yoon-ji
김윤지
Tavalludi
Christine Kim

6-sentyabr 1988-yil (1988-09-06) (35 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2017-hozirgcaha

Yoshligi tahrir

Kim 1988-yil 6-sentyabrda Janubiy Koreyaning Seul shahrida tugʻilgan va 4-sinfda Kaliforniyadagi San-Fernando vodiysiga koʻchib oʻtgan. U UCLAga raqs va aloqa yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirgan, biroq bir yildan soʻng Janubiy Koreyada sanʼat sohasida faoliyatini davom ettirish uchun taʼtil olgan. Dastlab „DSP Media“ga stajyor sifatida qoʻshilganidan soʻng, u „JTM Entertainment“da „Head Hurts“ qoʻshi`gi bilan debyut qilgan. 

Kimning amakivachchasi — sobiq Kara aʼzosi Kang Ji-young; uning ukasi ham bor[4].

Faoliyati tahrir

U 2009-yil atrofida „Fresh Pretty Cure!“ nomli anime uchun „You Make Me Happy“ qoʻshigʻining inglizcha versiyasini yozgan.

2012-yil 1-noyabrda Kim Jay Park bilan birga „If You Love Me“ raqamli singlini va uning rasmiy klipini hamda sahna ortidagi filmini chiqargan. Kim oʻzining singlini „KBS“ telekanalining 'Music Bank", „Mnet“ning „M ! Countdown“ kabi koreys musiqa shoularida ijro etgan.

Shuningdek, 2012-yil noyabr oyida Kim Koreya toʻlqini va taomlarini bir shouda birlashtirgan „U-KISS“ guruh aʼzosi Eli Kim bilan „K-pop Tasty Road“ dasturining boshlovchisi boʻlgan[5][6].

2013-yil yanvar oyida Kim Xoshimin shahrida Adam Lambert va Aurea bilan birga konsert bergan[7].

2021-yilda Kim oʻzining 2012-yilgi „If You Love Me“ singlini qayta chiqarishini eʼlon qilgan.

2021-yil 3-dekabrda Kim „Sublime Artist“ agentligi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi[8], keyinchalik „Sublime Artist“ agentligi shartnoma rasman imzolanganligini tasdiqladi[9].

Manbalar tahrir

  1. „NS Yoon-G“. JTM Entertainment. 27-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-dekabr 2012-yil.
  2. „NS Yoon Ji reveals '88-line photos from '3rd Idol Star Athletics Championships'“. 2020-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  3. „[Interview NS Yoon-G talks about "Reason To Become A Witch" and advise Soompiers!“]. Soompi. Qaraldi: 25-dekabr 2012-yil.
  4. „NS Yoon-G Reveals Picture with Good-Looking Brother on a Date“. kpopstarz (6-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2012-yil.
  5. „K-pop Tasty Road“. kpop tasty road. 2013-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  6. „NS Yoon-Ji and U-Kiss Eli eat bread pudding and chicken“. Yahoo News PH. Qaraldi: 25-dekabr 2012-yil.
  7. „American Idol star to perform in HCMC“. tuoitrenews. Qaraldi: 23-may 2014-yil.
  8. Kim Ye-eun. „[단독 '이상해 며느리' 김윤지, 써브라임 전속계약…송강호·비 한솥밥“] (ko). Xports News (3-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.
  9. Park Jung-min. „이상해♥김영임 며느리’ 김윤지, 써브라임과 전속계약 체결[공식“] (ko). Newsen (3-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.