Kang Ji-young
Kang Ji-young (1994-yil 18-yanvarda tugʻilgan), Jiyoung yoki JY nomi bilan ham tanilgan, Yaponiyada yashovchi janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyadagi „Kara“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi.
Kang Ji-young | |
---|---|
Tavalludi |
18-yanvar 1994-yil Janubiy Koreya |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi |
|
Hayoti va ijodi
tahrirKang Ji-young 1994-yil 18-yanvarda[1] Janubiy Koreyaning Paju shahrida tugʻilgan. U K-pop qoʻshiqchisi NS Yoon-Gning amakivachchasi.
U Bongilcheon oʻrta maktabi va Muhak xotin-qizlar oʻrta maktabida oʻqigan va 2012-yil fevral oyida uni tamomlagan.
2008-2014
tahrirJiyoung 2008-yilda sobiq aʼzo Kim Sung-heeguruhdan ketganidan keyin Hara bilan birga „Kara“ qizlar guruhiga qoʻshilgan. Oʻsha paytda u 14 yoshda edi, bu uni guruhning eng yosh aʼzosiga aylantirgan.
Jiyoung 2011-yilda „CDTV“ telekanalida Yaponiyaning „Sevimli ayol ijrochilar“ reytingida 21-oʻrinni egallagan yagona koreyalik qoʻshiqchi boʻlgan.
2014-yilning 15-yanvarida uning shartnomasi 2014-yil aprel oyida tugashi bilan Londonda aktyorlik va til koʻnikmalari boʻyicha oʻqishiga eʼtibor qaratish uchun guruhni tark etishi eʼlon qilingan[2][3].
2014-hozirgi kungacha
tahrirKaradan ketganidan soʻng, Jiyoung oʻz ismini oʻzgartirib, Yaponiyada aktrisa sifatida faoliyatini davom ettirish uchun „Sweet Power“ agentligi bilan shartnoma tuzgan. U 6-sentyabr kuni Saitama arenasida „19-Tokio Girls Collection“ moda namoyishida ilk bor oʻzini namoyish qilgan[4].
Jiyoungning Yaponiyadagi birinchi ishi „Hell Teacher Nube“ filmidagi roli boʻlib, u yerda Yukime qahramoni obrazida rol ijro etgan.
2015-yil dekabr oyida „Sony Music“ Jiyoung „JY“ nomi ostida qoʻshiqchi sifatida debyut qilishini eʼlon qilgan. Uning birinchi yakkaxon singli Yaponiyaning „NTV“ telekanalida efirga uzatilgan „Higanbana“ dramasi uchun „Oxirgi vidolashuv“ (最後のサヨナラ, saigo no sayonara) saundtreki edi[5].
2016-yil 18-martda u JY nomi bilan uchta trekdan iborat „Radio“ yakkaxon mini-albom debyutini chiqargan. Uchta trekdan ikkitasi kliplar bilan chiqdi[6][7]. „Radio“ londonlik qoʻshiq yozuvchisi va produseri MNEK tomonidan yozilgan, Darren Kreyg esa uning klipiga rejissorlik qilgan. „Radio“ iTunes Pop Top qoʻshiqlar jadvalida 2-oʻrinni egallagan[8]. Albom Janubiy Koreya va Yaponiyadan tashqari AQSh va Osiyoning boshqa qismlarida sotilgan[5].
2022-yilning fevralida Kang „KeyEast“ kompaniyasi bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgani xabar qilingan[9].
2022-yil 6-aprelda Kang „ELRIS Entertainment“ bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan[10].
2022-yil iyul oyida Kangning „Lucid Dream“ yakkaxon albomi chiqqan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ Mark Russell. K-Pop Now!: The Korean Music Revolution. Tuttle Publishing, 29-aprel 2014-yil — 94-bet. ISBN 978-1-4629-1411-1.
- ↑ „[Breaking DSP Media releases official statement to confirm Jiyoung's leave in April“].
- ↑ „DSP 측 "강지영 오늘(5일) 런던유학, 전속계약 종료"(전문)“. 5-aprel 2014-yil. Nate. Qaraldi: 5-aprel 2014-yil.
- ↑ „'Jiyoung signs with Japanese agency Sweet Power to start her acting career“. Allkpop (20-avgust 2014-yil).
- ↑ 5,0 5,1 „FORMER MEMBER OF KARA KANG JI YOUNG DEBUTED AS A SOLO“. KOREATIDE (16-mart 2016-yil). 2018-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
- ↑ „JY-Radio“. YouTube (15-mart 2016-yil). 2021-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „JY-I'm Just Not Into You“. YouTube (15-mart 2016-yil). 2021-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Former KARA Member Kang Jiyoung To Debut As JY“. kpopstarz (16-mart 2016-yil).
- ↑ Hwang So-young. „[단독 카라 출신 강지영, FA 됐다…키이스트와 아름다운 이별“] (ko). JTBC (11-fevral 2022-yil). Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
- ↑ Hwang So-young. „카라 강지영, 이엘라이즈와 전속 계약 [공식“] (ko). OSEN (6-aprel 2022-yil). Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ Kim Ye-eun. „강지영, 신곡 '루시드 드림' 티저 이미지…매혹적 아우라“ (ko). X-ports News (4-iyul 2022-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
Havolalar
tahrir- JY rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2017-08-03 sanasida arxivlangan)
- Kang Ji-young IMDbda