Kimberli (kon)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kimberli — JARning Kap provinsiyasi shim.dagi olmos konlari guruhi. Kimberli sh. yonida 1867-yilda tasodifan topilgan. Mayd. 195 ming m2 gacha. 5 yirik (Kimberli, De-Birs, Vesselton, Byultfonteyn va Dyutoytspan) va 10 dan ortiq mayda olmos konlaridan iborat. Olmosli trubkalarning koʻndalang kesimi 15 m dan 800 m gacha. Chuqurlashgan sayin trubkalarda olmos kam uchraydi. Dyutoytspan trubkasi eng katta kon hisoblanadi. Olmos donalari 550—750 m chuqurlikdan olinadi, ularning yarmisi texnik olmoslardir. Rangi sariq, baʼzan yashil. K. konlarining eng muhim xususiyatlaridan biri, u yerdan olinadigan olmoslar koʻp qismining vazni 200 karat (40 g) dan ortiq boʻlishidir. "Premyer" konida dunyoda eng yirik 3106 karatli "Kullinan" olmosi topilgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |