Kimberli - JARning markaziy qismidagi shahar. Kap provinsiyasining shim.da joylashgan. Aholisi 167 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). 1867 y.dan olmos kazib olish va oʻnga ishlov berishning yirik markazi. K.da "De Birs" olmos kompaniyasi boshqarmasi joylashgan. Metallsozlik, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. K. yaqinidan marganets rudasi, asbest, gips qazib olinadi. Keyptaun— Yoxannesburg yoʻlidagi temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Shaharga 19-asrning 70-yillarida asos solingan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil