Kimgansan (koreyscha kimgan -olmos, san — togʻ), Olmos togʻlari — Sharkiy Koreya togʻlarining shim. qismi, Shim. Koreyada. Uzunligi 80 km chamasida, eng baland joyi 1638 m. Granit jinslardan tuzilgan parallel tizmalardan iborat. Tor daryo daralari bilan oʻyib yuborilgan. Turli-tuman manzarali relyef shakllari, sharsharalar uchraydi. Yon bagʻirlari dub va aralash oʻrmonlar bilan qoplangan. Volfram, molibden, nikel, mis, temir ruda konlari bor. Qoyalarni oʻyib Budda haykallari yasalgan. Kurort koʻp. Turizm rivojlangan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil