Kimyoviy ekvivalent
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kimyoviy ekvivalent - kimyoviy elementning massa miqdori. U vodorodning 1 (aniqrogʻi 1,008) massa qismini yoki kislorodning shunga yarasha 8 massa qismini biriktiradi yoki uning oʻrnini oladi. Elementning atom massasini valentligiga boʻlib, ekvivalentini topish mumkin: E=Ar/V ; bu yerda E — ekvivalent, V — valentlik, Ar — atom massasi. Kimyoviy ekvivalent tushunchasining muhimligiga sabab shuki, elementlar bir-biri bilan Kimyoviy ekvivalentiga proporsional miqdorda oʻzaro birikadi. Gramm-ekvivalent son jihatdan gramm hisobidagi kimyoviy ekvivalentga teng[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |