Kimyoviy tok manbalari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kimyoviy tok manbalari -kimyoviy reagentlarning oksidlanishqaytarilish reaksiyalari energiyasi hisobiga elektr toki ishlab chikaradigan qurilmalar. Dastlabki Kimyoviy tok manbalarim. Volt ustuni, Leklanshe elementi boʻlgan. Uning asosini elektrolit bilan kontakt hosil qiladigan ikki elektrod (biri oksidlagich, ikkinchisi qaytargich) tashkil qilgan. Elektrodlar orasida potensiallar farqi — elektr yurituvchi kuch (oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining erkin energiyasiga mos) hosil boʻladi. Kimyoviy tok manbalarim. elektr kimyoviy tizimlariga koʻra, galvaniq elementlar va akkumulyatorlarga, ishlatilishi va energiyani elektr tarmogʻiga uzatilishi boʻyicha birlamchi, ikkilamchi, zahira va elektr kimyoviy generatorlarga boʻlinadi. Birlamchi Kimyoviy tok manbalarim. ga kimyoviy reagentlar energiyasidan foydalaniladigan galvanik elementlar va batareyalar kiradi. Musbat va manfiy elektrodlar suyuq yoki pastasimon elektrolit shimdirilgan gʻovak membrana-separator bilan ajratiladi va butun foydalanish davomida elektrik jihatdan bogʻlangan boʻladi. Ikkilamchi Kimyoviy tok manbalarim.ga akkumulyator va akkumulyatorlar batareyasi kiradi. Bunda kimyoviy reagentlar energiyasidan koʻp marta foydalaniladi. Zahira Kimyoviy tok manbalarim. da kimyoviy reagentlar energiyasidan fakat bir marta foydalaniladi. Bunday Kimyoviy tok manbalarim.larda, elektrolit saqlab qoʻyiladi va kerak boʻlganda ishlatiladi. Elektrolit elektrodlar orasida suyuq holatda (shisha, plastmassa va boshqa idishlarda) yoki qattiq holatda (elektr oʻtkazgich qoʻymay) saqlanadi. Ishlatish oldidan suyuq elektrolit ampulalarining uchi sindiriladi, qattiq elektrolit esa qizdirib eritiladi. Elektr - kimyovii generatorlar tashqaridan keladigan kimyoviy reagentlar (gazeimon yoki suyuq) energiyasini oʻzgartirishdan qosil boʻladigan elektr tokini uzoq, vaqt toʻxtovsiz generatsiyalash xususiyatiga ega. Ularning yuqori, past, oʻrta temperaturali, suyuq va gaz reagentli turlari bor. Bunday generatorlar kosmik obʼyektlarda, elektromobillarda muqim (statsionar) qurilmalar va boshqalarda ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |