Kinda — arab qabilasi, Xadramavtning gʻarbida istiqomat qilgan. Milodiy 5-asr boshida kinda himyariy podshohlari yordamida Markaziy Arabiston qabilalarini boʻysundirgan va markazi Yamoma va Bahraynda boʻlib, Himyariylar podshohligiga qaram boʻlgan davlat barpo etgan. Kindaning eng mashhur podshohlari — sulola asoschisi Hujr ibn Amr (425-458) va uning nabirasm al-Xo-ris (489-529). Uning davrida Kinda yerlari Vizantiya va Eron chegaralarigacha yetgan. Kinda davlati 529 yil laxmiylardan magʻlubiyatga uchrab oʻzaro nizolar natijasida qudrati singan. 6-asr oʻrtasida Kinda davlati Markaziy Arabistondagi mulklaridan mahrum boʻlgan. Kindaning Yamoma va Bahrayndagi hukmronligi 7-asrning 30-yillarigacha saqlangan. Kindadavlati — Markaziy Arabiston hududida vujudga kelgan ilk davlat birlashmasi boʻlib, u Arab xalifaligining barpo etilishiga zamin tayyorlagan. Johiliyat davrining mashhur shoiri Imrulqays (6-asr) Kindadan chiqqan.[1]

Kinda qabilasi istiqomat qilgan hududlar

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil