Kindaklitepa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kindaklitepa - Oʻzbekistonning janubidagi qad. qishloqharobasi (miloddan avvalgi 4 — milodiy 6—7-asrlar). Qashqadaryo vohasining oʻrta qismida, Qorabogʻ qishlogʻi yaqinida. Mazkur qishloq harobasi oʻzi joylashgan tepalik (balandligi 12 m, maydoni 0,25 ga) ning shakliga koʻra shunday nom olgan. 1955—57 yillarda Qashqadaryo arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi (rahbari V. D. Jukov) bu yerda qazish ishlari olib borgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqtida madaniy qatlamlar orasida puxta qilib qurilgan bir qancha toʻrtburchak shakldagi inshootlar qoldiklari (tarhi 5,87x6,65 m, 6x7,5 m, 5x5,4 m) borligi aniqlandi. Saqlanib qolgan devorlarning balandligi 0,7 m dan 3 m gacha, qalinligi 1,4 m dan 1,7 m gacha boʻlib, baʼzilari xom gʻisht (54x32x11 sm3, 47x27x9 sm3, 58x32x9 sm3, 25x10 sm3) va baʼzilari paxsadan qurilgan. K.dan sopol idishlar siniqlari, koʻza va xumlar, kozon va oʻchoqlar, suyak, tosh, mis, temir va shishadan qilintan buyumlar, chiroqdonlar, oʻgʻir va yorgʻuchoqlar, sopol muhr va tugmalar, urchuq hamda toʻquvchilik dastgohlarida ishlatiladigan konussimon, bikonussimon va yassi yuk toshlari hamda kulolchilik dastgohlari boʻlaklari topildi. Urchuq va toʻquv dastgoxlarida ishlatiladigan yuk toshlari toʻquvchilik K. aholisining asosiy mashgʻulotlaridan biri boʻlganligini koʻrsatdi. Mazkur ashyoviy dalillar va ilmiy tadqiqotlar natijasida K. aholisining oʻtroq tarzda hayot kechirib, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashgʻul boʻlganligi hamda keyinchalik suv tanqisligi oqibatida bu yerni tark etganligi aniqlandi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |