Kineshma — Rossiya Federatsiyasi Ivanovo viloyatidagi shahar (1777-yildan), Volga daryosi boʻyidagi port. Kineshma stansiyasi. Aholisi qariyb 103 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yirik toʻqimachilik sanoati markazi (ip gazlama kombinati, toʻqimachilik fabrikalari). "Elektrokontakt", "Avtoagregat", oʻrmon kimyosi zavodlari, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Kineshma 16-asrdan maʼlum.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil