Kinetik sanʼat
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kinetik sanʼat (yun. Kinetikos -harakatga keltiruvchi) — harakatga keltiruvchi qurilmalar (shuningdek, yorugʻlik va tovush) yordamida estetik samaraga erishish. Kinetik sanʼat 20-asrning 20— 30-yillarida paydo boʻlgan. Rossiyada V. Ye. Tatlin, AKShda A. Kolder va boshqa oʻz asarlarining ayrim boʻlak va qismlariga harakat, siljish, parchalanish kabi xususiyatlarni kiritib, muhit bilan sanʼat asarining oʻzaro munosabatiga yanada taʼsirchanlik baxsh etishga intildilar.
60-yillarda Kinetik sanʼat fransuz N. Shoffer, argentinalik X. Le Park va boshqa ijodida toʻla shakllandi. Ular turli optik-akustik vositalar (mexaniq kurilmalarni uzgartirish, ularga turli shakl berish, yorugʻlantirish, sterio tovushlar chiqarish va hakozo) yordamida kompozitsiya yaratishga, 20-asr ilmiy texnika taraqqiyoti va inqilobini koʻrsatishga harakat qildilar. Bu sanʼat Oʻzbekistonda qisman bezash sanʼati (koʻrgazmali targʻibot) da, reklamalarda oʻz ifodasini topdi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |