Kino tarmogʻi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kino tarmogʻi — aholini kino xizmati bilan taʼminlovchi madaniyat, tomosha muassasalarining umumiy nomi. Oʻzbekistonda Kino tarmogʻi kinoteatr, kinolashtirilgan klublar, qishloq doimiy kino qurilmalari va koʻchma kinolardan iborat. Davlat (shaharlar, tuman markazlari, qishloq va boshqa joylardagi davlat kinoteatrlari, jamoa xoʻjaliklari klublari, koʻchma kino qurilmalari, filmlarni ijaraga beruvchi idoralar, kinostudiyalar, filmdan nusxa kuchiruvchi fabrikalar, filmlarga reklama tayerlovchi boʻlimlar) va kasaba uyushmalari (shahar va qishloqlardagi klublarda, madaniyat uylari va saroylari, dam olish maskanlarida kasaba uyushmalari ixtiyoridagi kino tarmoqlari) tomonidan boshqariladi. Panoramali, stereoskopik, aylana kinopanoramali, shuningdek, statsionar va koʻchma kinoqurilmalar bor. Oʻzbekistonda davlat kinoqurilmalarining soni 5 mingga yaqin (2002).
Bundan tashqari, kasaba uyushmalari va muassasalar (shu jumladan, jamoa xoʻjaliklari) ixtiyorida ham anchagina kino qurilmalar mavjud.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |