Kinochilar uyi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kinochilar uyi — kino sanʼati arboblarining ijodiy uyi. Teatr va kino xodimlari uyi bazasida 1966-yil ochilgan. Yangi binosi (meʼmorlari R. A. Xayrutdinov, V. N. Breusenko; binoni bezashda rassom V. Gan, haykaltarosh R. Avakyan qatnashgan) 1982-yil Toshkentda ochilgan kinofestival arafasida ishga tushirilgan. Bosh tomosha zali (1810 oʻrinli), 320 va 60 oʻrinli yana 2 kichik tomosha zali bor. Bino meʼmorligida quyosh nuridan asraydigan konstruksiyalar va milliy meʼmoriy elementlardan foydalanilgan; boʻlar bino loyihasi va shakli, oʻrnida oʻz aksini topgan. Bosh zal ellips shaklda, 4 ustunga tayangan, chapdan maʼmuriy bino, oʻngdan klub bilan tutash. Loyihalashda tashqi koʻrinishi bilan ichki koʻrinishi oʻzaro bogʻlangan. Umumiy yechimi binoga mutanosib boʻlgan restoran (zali — 100 oʻrinli) hovli orqali bosh tomosha zaliga tutashgan. Bino milliy meʼmoriy qismlar, kichik meʼmoriy shakllar va favvoralar bilan jozibalashtirilgan. Bezagida Gʻozgʻon marmari, granit, ganch oʻymakorligidan foydalanilgan. Interyeridagi B. Jalolov ishlagan devoriy rasmlarda oʻzbek kino sanʼati rivoji aks ettirilgan. Kinochilar uyi da yangi filmlar koʻrigi, yubileylar, tomoshabinlar bilan ijodiy uchrashuvlar va boshqa oʻtkazib turiladi. Kinochilar uyi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligiga qaraydi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |