Kir, Kichik Kir (miloddan avvalgi 401-yil) — Kichik Osiyodagi Lidiya, Buyuk Frigiya, Kappadokiyanit noibi (satrapi) (408 yoki 407—401). Doro II ning oʻgli. 404-yil birodari Artakserks II Ahomaniylar davlatiga podshoh boʻlgach, hokimiyatni qoʻlga olishga harakat qilgan. Kir 401-yil katta qoʻshin toʻplab, Artakserks II ga qarshi Sarddan Bobil tomon yurish boshlagan. Ammo Kunaks boʻsagʻasidagi jangda halok boʻlib, qoʻshini magʻlubiyatga uchragan. Bu voqealar Ksenofontning „Anabasis“ida bayon etilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil