Kirishish (toʻqimachilikda) — gazlamalarni saqlash, hoʻllash, kiyim-kechaklarni kiyib yurish, yuvish va kimyoviy tozalash jarayonida turli omillar (mas, nam, kimyoviy eritmalar) taʼsirida ularning boʻyiga yoki eniga qisqarishi. Gazlamalarning asosiy xossalaridan biri. Kirishish darajasi tanda va arqoq iplarining qanday tolalardan tayyorlanganligiga, xossalariga, toʻqimaning toʻzilishi (zichligi) va pardozlash xillariga bogʻliq. Ip-gazlamalarning K. darajasi (kirishuvchanligi) jun va ipak tolalaridan toʻqilgan gazlamalarnikiga qaraganda, keyingilariniki esa sunʼiy tolalardan tuqilgan gazlamalarnikiga nisbatan yuqoriroq boʻladi. Agar tanda va arqoq iplarining K. darajasi bir xil boʻlsa, gazlama boʻyiga ham, eniga ham birday, agar qar xil boʻlsa — har xil kirishadi. Umuman, gazlamalar va ulardan tikilgan kiyim-boshlarning K. darajasi tanda boʻyicha 1,5—5%, arqoq boʻyicha 1,5—3,5% ni tashkil etadi. Shuning uchun ayrim kirishuvchan gazlamalardan biror narsa tikishdan oldin ularni yuvib yoki kimyoviy ishlov berib "kirishtirib" olinadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil