Kirkik

bedana ovlashda ishlatiladigan asbob

Kirkik — bedana ovlashda ishlatiladigan asbob. Shakli kichik yogʻoch qoshiqqa oʻxshaydi, dastasi va qorin qismi oʻyilib, dastasiga ovoz chiqaradigan tilchali naycha oʻrnatiladi, qorin qismiga yupqa rezina yoki yumshoq (oshlangan) teri parda tortiladi. Naychaning qoringa tutash joyi mum bilan mahkamlanadi. Ovchi K.ni barmoqlari bilan bir-ikki taktida uradi (kichikroq K. ni parda tortmay lunjga solib ishlatish ham mumkin), natijada makiyon bedana sayrogʻiga monand ovoz chiqadi (K.ning nomi shundan). Makiyon ovozi nar bedanalarni jalb etadi, ular makiyonni izlab, yoyib qoʻyilgan yoyma toʻr ostiga yoki toʻzoq qoʻyilgan maydonga kirib keladi. K. bilan bedana bahor va yoz oylarida ovlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil